Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

15-rasm. 
Geografiya.uz
 sayti Dunyo xaritasi flesh o’yini 
"Bayroqlar va mamlakatlar" flesh o'yini
16-rasm. 
Geografiya.uz
 sayti "Bayroqlar va mamlakatlar" flesh o'yini 
 
 
 
5 §. GEOGRAFIYADA MASOFAVIY TA’LIM ELEMENTLARIDAN 
FOYDALANISH 
 
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida 
o’zgarmay kelgan holatlarni o’zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari 
elektron pochta bilan, kutubxonalar esa veb-saytlar bilan almashinishida 
namoyon bo’ldi. 
Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o’rniga 
masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi. 


Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini 
ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha 
ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. 
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan 
holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron 
aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda 
bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish 
jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o’zaro 
aloqa tamoyiliga ega bo’lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. 
Masofaviy ta’lim 
– masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi 
vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining 
barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini 
ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir. 
Masofaviy o’qitish tizimi 
– masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil 
etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish 
tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy 
shakllariga ega. 
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi? Bu savolga javob 
tariqasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: 
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va 
joyga bog’liqmasligi va boshqalar). 
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi. 
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi. 
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. 
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə