Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


“Seterra” interaktiv geografik dasturi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

 
 “Seterra” interaktiv geografik dasturi 
Mashg’ulotlarni tashkil etishda va o`quvchilar bilimlarini nazorat 
qilishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ilg’or pedagogik 
texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bunda bir qator interaktiv 
kompyuter dasturlari va elektron interaktiv geografik kartalardan 
foydalanilmoqda. Biz quyida mashg’ulotlarda keng foydalanib kelinayotgan 
“Seterra” interaktiv geografik dasturidan foydalanish bo’yicha qisqacha 
uslubiy ko’rsatma berib, natijalarimizni o’rtoqlashmoqchimiz. 
“Seterra” interaktiv geografik dasturi talabalarning geografik-
kartografik bilimlarini takomillashtirib, Yerning geografik surati haqida aniq 
tasavvur hosil qilishi bilan birga, kartografik bilimlarni o’lchash va nazorat 
qilish imkoniyatlarini beradi. Bu dasturni internet ta’limiy resurslari 
bazasidan yuklab olish va shaxsiy kompyuterlarga o’rnatish mumkin. 
“Seterra” dasturi kompyuterga yuklab olingach, uni faollashtiramiz. 
Buning uchun dastlab menyudan “Seterra” dusturi yorlig’i ustiga 
sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosamiz, natijada quyidagi oyna 
ochiladi: (6-rasm.) 
6-rasm. “Seterra” dasturi bosh menyusi 
 
Dastur tarkibida 7 bo’limdan iborat (butun Dunyo va alohida qit’alar) 
murojaat sohalari ajratilgan bo’lib, ularning har birida “Mamlakatlar”, 
“Poytaxtlar”, “SHaxarlar”, ”Test sinovi”, “Davlat bayroqlari” bo’yicha trenajyor 


hamda daryo regional qismlari bo’yicha kartografik topshiriqlar berilgan. Har 
bir topshiriq bo’yicha bajarilayotgan natijalar hisoblanib, baholanib boriladi.
Endi dasturdagi sohalar bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Dastlab 
“Mamlakatlar” sahifasi ustiga borib sichqonchani ikki marta bosgandan keyin 
quyidagi holat sodir bo’ladi: (7-rasm.) 
7-rasm. “Mamlakatlar” sahifasi 
Avtomatik ravishda vaqtanaladi. Biz tanlagan hudud - “Evropa”. Ko’rib 
turganimizdek, bizga haritadan Ruminiyani topish vazifasi yuklangan. 
“Poytahtlar” bandidagi buyruqni tanlaymiz.
Sahifani ustiga borib sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosamiz 
va bunday jarayonga guvoh bo’lamiz: (8-rasm.) 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə