Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix04.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#108321
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma

ZOOM tizimida ishlash 
Avval ! Zoom haqida qisqa ma`lumot
Zoomni AQSH fuqaroligiga ega xitoylik milliarder Erik Yuan 2011 yilda 
ishlab chiqqan. Bu vaqtda u Xitoyda talaba edi. Wikipedia ma’lumotiga ko’ra, 
talaba Erik yoqtirgan qizi bilan ko’rishish uchun 10 soatlab poyezdda 
yurishiga to’g’ri kelgan va shu boisdan uni «uchratish»ning osonroq yo’llarini 
izlashga tushishi ortidan Zoom paydo bo’lgan. 
Avvaliga Zoom Video Communications korporativ mijozlar bilan 
shartnoma imzolab, ish beruvchilarga masofadan turib suhbat uyushtirish
hodimlarga esa o’zaro muloqot qilish imkonini bergan. 2014 yilda 


foydalanuvchilar soni 10 milliongacha o’sgan, servisga 20 ming tashkilot 
obuna bo’lgan. 
2019 yilning aprelida Zoom ilk marta aksiyalarini ochiq savdoga 
chiqargan, shunda kompaniya 16 milliard dollarga baholangandi. 
Zoomning asosiy xususiyatlari: 
Yakka uchrashuvlar:
Hatto bepul reja bo’yicha ham cheksiz yakkama-
yakka uchrashuvlarga mezbonlik qiling. 
Guruh videokonferensiyalari:
500 tagacha ishtirokchini qabul qiling 
(agar siz "katta yig’ilish" qo’shimchasini sotib olsangiz). Bepul reja, ammo 40 
daqiqagacha va 100 tagacha ishtirokchiga qadar video konferensiyalarni 
o’tkazishga imkon beradi. 
Ekranni ulashish:
Birma-bir yoki katta guruhlar bilan tanishing va 
ko’rgan narsalaringizni ko’rishlari uchun ular bilan ekraningizni ulashing. 
 
Masofaviy ta’limni tashkil etishda 
ZOOM
 dasturidan 
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma 
 
Bugungi kunda, o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy 
va noan’anaviy shakllarini qo’llash, o’qitishga zamonaviy yondashuvlar 
asosida shiddat bilan o’zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda 
ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda. 
Masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va 
vebtexnologiyalar imkoniyatlariga ko’ra rang-barangligi, kontentning barcha 
yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan o’ziga jalb etadi. Natijada, 
o’quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim olishga ko’maklashish, 
elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor 
ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida qiziqishni 
kuchaytiradi. 
Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’iy nazar zamonaviy 
internet va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib 
barcha ta’lim ishtirokchilariga masofadan yordam berish imkonini 
ta’minlaydi. 
Bu yo’riqnomada berayotgan tavsiyalar mazkur dasturdan ilk bor 
foydalanishni boshlayotganlar uchun tayyorlandi. 
1.
Brauzerning manzillar satriga 
zoom.us
ni kiriting va paydo bo’lgan oyna 
(17-rasmga qarang) dan mazkur dastur imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot 
oling, dasturni o’z telefon yoki kompyuteringizga yuklab olib, o’rnating. 



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə