foydalanuvchilar soni 10 milliongacha o’sgan, servisga 20 ming tashkilot
obuna bo’lgan.
2019 yilning aprelida Zoom ilk marta
aksiyalarini ochiq savdoga
chiqargan, shunda kompaniya 16 milliard dollarga baholangandi.
Zoomning asosiy xususiyatlari:
Yakka uchrashuvlar:
Hatto bepul reja bo’yicha ham cheksiz yakkama-
yakka uchrashuvlarga mezbonlik qiling.
Guruh videokonferensiyalari:
500 tagacha ishtirokchini qabul qiling
(agar siz "katta yig’ilish" qo’shimchasini sotib olsangiz). Bepul reja, ammo 40
daqiqagacha va 100 tagacha ishtirokchiga qadar
video konferensiyalarni
o’tkazishga imkon beradi.
Ekranni ulashish:
Birma-bir yoki katta guruhlar bilan tanishing va
ko’rgan narsalaringizni ko’rishlari uchun ular bilan ekraningizni ulashing.
Masofaviy ta’limni tashkil etishda
ZOOM
dasturidan
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma
Bugungi kunda, o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy
va noan’anaviy shakllarini qo’llash, o’qitishga zamonaviy yondashuvlar
asosida shiddat bilan o’zgarib borayotgan jamiyat
talablariga mos ravishda
ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda.
Masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va
vebtexnologiyalar imkoniyatlariga ko’ra
rang-barangligi, kontentning barcha
yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan o’ziga jalb etadi. Natijada,
o’quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim olishga ko’maklashish,
elektron ta’lim resurslaridan
samarali foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor
ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida qiziqishni
kuchaytiradi.
Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’iy
nazar zamonaviy
internet va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib
barcha ta’lim ishtirokchilariga masofadan yordam berish imkonini
ta’minlaydi.
Bu yo’riqnomada berayotgan tavsiyalar
mazkur dasturdan ilk bor
foydalanishni boshlayotganlar uchun tayyorlandi.
1.
Brauzerning manzillar satriga
zoom.us
ni kiriting va paydo bo’lgan oyna
(17-rasmga qarang) dan mazkur dastur imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot
oling, dasturni o’z telefon yoki kompyuteringizga yuklab olib, o’rnating.