Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AVTARKIYA 
(yun. 
avtarkeia
– o‗z-o‗ziga yetarli) — mamlakatning o‗z-o‗zini
ta‘minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib 
qolgan biqiq xo‗jalik yuritish siyosati. A.ning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan 
tovarlar uchun yuqori cheklovchi bojlar va kvotalar joriy etish; iste‘mol tovarlari narxini 
oshirish; boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishda turli 
to‗siqlar qo‗yish. Jahon iqtisodiy-xo‗jalik aloqalaridan uzilib qolish amalda mamlakatda 
natural xo‗jalik yuritishga olib keladi. 
AVTOKRATIYA 
(yun
. autos
– o‗zim, 
kratos
— hokimiyat) — yakka shaxsning 
hech qanday qonun, huquqiy me‘yorlar bilan cheklanmagan yagona hokimligi. Qadimgi 
Sharq, Yunoniston, Rim imperiyalari, o‗rta a. Yevropasi mutlaq monarxiya tuzumi
kommunistik va fashistik diktatura davrida A. davlatning muhim belgisi bo‗lgan (q. 
Totalitarizm). 
AVTONOM ASOS
— rahbarlik qilish va b.rish bilan bog‗liq vazifalarni 
bajarayotgan u yoki bu lavozimli shaxslarning mustaqilligini va o‗zini o‗zi boshqarishini 
ko‗rsatish uchun qo‗llaniladigan tushuncha. Mas., agar hudud rahbari haqida u ushbu 
hududni ―avtonom asosda‖ boshqarayapti desalar, demak shu rahbarga keng huquqlar 
berilgani va undan yuqori turuvchi organlar uning ishiga aralashavermasligi tushuniladi. 
AVTONOM BOSHQARUV
— alohida vakolatlar berilgan holda tuzilgan yoki 
tayinlangan organga, mansabdor shaxsga muayyan hududni mustaqil boshqarish 
huquqini berish. Shun., ushbu hududni boshqarish uchun ilgari tashkil etilgan, tuzilgan 
yoki tayinlangan organning, mansabdor shaxsning imkoniyatlarini, yuqori turuvchi organ 
vakolatlarini unga olib berish hisobiga, kengaytirish. 
AVTONOM TUZILMA
avtonom respublikalar, avtonom viloyatlar, avtonom 
okruglar va b. avtonom birliklarga nisbatan qo‗llaniladigan umumlashtiruvchi tushuncha. 
AVTONOMIYA 
(yun. 
autos
– o‗zini, 
nomos
— qonun, o‗z-o‗zini idora qilish) — 
1) Davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish yoki davlat ichida yaxlit bo‗lib 
yashayotan ayrim millatga keng ichki o‗z o‗zini idora qilish huquqini berish. Ba‘zida 
rivojlangan ayrim davlatlar u yoki bu hududni amaldagi mustamlaka maqomini niqoblash 
maqsadida A.dan ham foydalanadilar. q. Muxtoriyat; 2) Ma‘muriy-hududiy birlik; 3) 
Qandaydir organlar (xo‗jalik, davlat, partiya va b.lar) faoliyatlaridagi o‗zini o‗zi 
boshqarish huquqi. 
AVTORITAR 
(lot. 
au(c)toritas
hokimiyat, nufuz, ta‘sir) — qattiqqo‗l, 
hokimiyatga so‗zsiz bo‗ysinishga asoslangan, hokimiyatning bir kishi yoki bir hokimiyat 
organi qo‗lida to‗plangan siyosiy rejim. Davlat tuzumida avtoritarlik yagona shaxsning 


31 
despotik hokimiyati bilan bog‗liq. Demokratik fuqarolik an‘analaridan farq qilib, fuqaro 
va davlat o‗rtasida o‗zaro mas‘uliyatli munosabatlarni emas., fuqarolarning mas‘uliyatini 
bir tomonlama o‗z zimmasiga oluvchi munosabatlarni anglatadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə