Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AVTORITAR DAVLAT
— ushbu davlatda g‗ayridemokratik, avtoritar rejim 
hukmronlik qiladi. Avtoritar rejimdagi davlatlar uchun fuqarolarning huquq va 
erkinliklari cheklangan yoki butunlay tugatilganligi, muxolifatdagi partiya va b. 
tashkilotlarning taqiqlanganligi, saylab qo‗yiladigan davlat organlarining roli 
cheklanganligi va ijro etuvchi hamda farmoyish beruvchi davlat organlarining roli 
kuchaytirilishi, davlat boshlig‗i va hukumatning qo‗lida hokimiyat vakolatlarining 
to‗planishi, parlament va b. davlat hokimiyat organlarining rolini yo‗qqa chiqarilganligi 
xosdir. Avtoritar rejimning eng xavfli shakllaridan biri fashizmdir. Fashistik rejim XX 
a.ning 30-40 – yillarida g‗arb mamlakatlarida (Germaniya, Italiya) paydo bo‗lib, u yerda 
mavjud bo‗lgan demokratik huquq va erkinliklarni yo‗qqa chiqardi va muxolif partiya va 
tashkilotlarni terroristik usulni qo‗llab yanchib tashladi. Fashizmga ijtimoiy asosni 
hokimiyatga intiluvchi kuchlar va aldangan ishchi, dehqonlar qatlami yaratdilar. 
Fashistik rejimlarni paydo bo‗lishiga jamiyatning ichida ijtimoiy-sinfiy ziddiyatlarning 
keskinlashuvi, hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini inqirozi sabab bo‗ladi. Inqirozlar 
natijasida hukmron tabaqa o‗z hukmronligini lebiral-demokratik usullar orqali ta‘minlay 
olmaydi, shu sababli hokimiyatni qo‗ldan boy berishdan qo‗rqib terroristik usullarni 
qo‗llashga o‗tadi. Ularga misol qilib, ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidagi 
Germaniya va Italiyadagi fashistik rejimlarni ko‗rsatish mumkin. Bu mamlakatlarda 
mavjud bo‗lgan fashistik rejimni xususiyatlariga quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 
aholini kam ta‘minlangan qatlamini himoya qilishni ro‗kach qilib boshqaruvni repressiv 
usullarini qo‗llash; ommaviy axborot vositalari orqali g‗ayrikommunistik va g‗ayrisemit 
g‗oyalarni targ‗ib qilinishi; xalq farovonligi uchun g‗amxo‗rlik qilish to‗g‗risidagi 
yolg‗on shiorlarni tarqatish; fashist rahbarlari siyosatiga qarshi bo‗lganlarga davlat 
miqyosida kurash olib borish; hukmron doiralarning armiya, politsiya va b. repressiv 
kuchlarga tayanishi; Germaniya va Italiya fashistlarining yo‗lboshchilarining daxlsizligi 
dohiylikka da‘vogarligi va h.k.. Yuqorida sanab o‗tilganlardan tashqari, fashistik 
rejimning yana bir qator o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Ulardan eng muhimi ijro 
etuvchi hokimiyatning qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mutloq ustunligidir. Ijro etuvchi 
hokimiyatning mutloq ustunligi «tub islohotlar»ni o‗tkazish, «millat birligi» uchun 
kurashish, «haqiqiy» demokratiyani o‗rnatish, qonuniylik va adolatni tantanasi uchun 
kurashish kabi shiorlarni o‗rtaga tashlash bilan ta‘minlandi. Bunda parlament faoliyat 
yuritishni to‗xtatadi va siyosiy jihatdan betaraflashadi. Parlament o‗zining qonunlarni 
yaratish vakolatidan mahrum bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə