Namangan davlat universiteti


O„RTA OSIYODA MILLIY-HUDUDIY CHEGARALANISH



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə442/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

O„RTA OSIYODA MILLIY-HUDUDIY CHEGARALANISH
— mustabid 
sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining ―milliy davlatlarini tashkil qilish‖ niqobi 
ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924). 
Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani 
bo‗lgan. 1918–1924-yillarda mavjud bo‗lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub 


340 
xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an‘analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin 
bo‗lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalqlar: o‗zbeklar, 
turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‗izlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan 
yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu 
tuproqni, Turonzaminni qadimdan o‗zlarining asl Vatani deb bilganlar. Mustabid sovet 
rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston o‗lkasini bo‗lib tashlab, uni idora qilish
qulay edi. Shu bois 1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi O‗.O.m.h.ch. 
to‗g‗risida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b) MK O‗rta Osiyo byurosi
yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini
tashkil etdi. 
O„TA KATTA DAVLATLAR
— xalqaro tizim va uning barcha a‘zolariga jiddiy 
ta‘sir o‗tkaza olish imkonini beradigan yetarli darajadagi kishilik, iqtisodiy, diplomatik, 
geografik va harbiy resurslarga ega xalqaro siyosatdagi global kuchlar markazi deb 
atalgan (Mas., ―Sovuq urush‖ davridagi AQSH va SSSR). 
O„TISH DAVRI
ijtimoiy zamonning bir qismi, ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. 
Uning asosiy mazmuni-modernizatsiya, ya‘ni jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy 
sohalarida yangilanish yasashdir. O‗tish davrining tezligi – o‗z-o‗zidan cheklanadigan 
omildir. O‗tishning asossiz ravishda tezlashtirilishi ko‗p o‗tmay jiddiy yo‗qotishlarga 
olib keladi va bu jarayon o‗z-o‗zidan sekinlasha boshlaydi. O‗.d.ning garovi bo‗lib 
iqtisodiy islohotlarning birinchi o‗rinda turishi, siyosiy islohotlar muvaffaqiyatga 
erishishi uchun iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatga erishishi shartligi, ular asta-sekin va 
davomli tarzda amalga oshirilishi, islohotlarning asosiy boshqaruvchisi bo‗lgan kuchli 
ijroiya hokimiyati hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə