Namangan davlat universiteti


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə444/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK 
PALATASINING QO„MITALARI
— budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari 
qo‗mitasi; Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‗mitasi; Mehnat va ijtimoiy masalalar 
qo‗mitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‗mitasi; Xalqaro ishlar va parlamentlararo 
aloqalar qo‗mitasi; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‗mitasi; Agrar, suv xo‗jaligi 
masalalari va ekologiya qo‗mitasi; Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‗mitasi; 


342 
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish 
organlari qo‗mitasi; Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‗mitasi. 
O„ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
OLIY 
MAJLISI 
SENATINING 
QO„MITALARI
— budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‗mitasi; Qonunchilik va 
sud-huquq masalalari qo‗mitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‗mitasi; Tashqi 
siyosat masalalari qo‗mitasi; Fan, ta‘lim, madaniyat va sport masalalari qo‗mitasi; Agrar, 
suv xo‗jaligi masalalari va ekologiya qo‗mitasi. 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
— O‗zbekiston fuqarolik, jinoiy 
va ma‘muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. Oliy sudning 
tashkil etilishi va uning faoliyat ko‗rsatishi masalalari O‗zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi (110-modda), ―Sudlar to‗g‗risida‖gi qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 14-
dekabr), Fuqarolik protsessual va Jinoyat protsessual kodekslari normalari, shuningdek, 
qonunchilikning boshqa hujjatlarida belgilab berilgan. O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, 
tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga 
ega. Oliy sud ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko‗radi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud raisi, uning birinchi o‗rinbosari va 
o‗rinbosarlari, sudlov hay‘atlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy sudiga qonunchilik tashabbusi huquqi berilgan. O‗.R.O.s. Oliy sud 
Plenumi, Rayosati, Fuqarolik ishlari bo‗yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo‗yicha 
sudlov hay‘ati, Harbiy hay'at tarkibida ish olib boradi. Oliy sud Plenumi eng yuqori 
sudlov instantsiyasi bo‗lib, 4 oyda bir marta chaqiriladi hamda Oliy sud sudyalari va 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi oliy sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi. 
Oliy sud raisi, rais o‗rinbosarlari, sudyalari O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimnomasiga binoan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 5-
yil muddatga saylanadi. O‗.R.O.s. ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudining 
axborotnomasi‖, ―Kuch – adolatda‖ gazazetasining muassisi hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə