Namangan davlat universiteti


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA‟MURIY-HUDUDIY TUZILISHI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə447/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA‟MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
— O‗zbekiston hududining ma‘lum qismlarga bo‗linishi. O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining XVI bobi O‗.R.m.h.t.ga bag‗ishlangan. Konstitutsiyaga ko‗ra, 
―O‗zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, 
ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‗iston Respublikasidan iborat‖ (68-modda). O‗zbekiston 
Respublikasining hozirda ma‘muriy-hududiy bo‗linishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining 
rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat 
O‗zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo‗g‗indir va eng yirik 
bo‗linma sifatida alohida o‗rin tutadi. Hududiy tizimning qolgan bo‗g‗inlari - tuman, 
shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo‗g‗inlaridir. 
Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo‗jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga tumanlar orqali 
bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika 
bo‗ysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va tuman bo‗ysunuvidagi 
shaharlarga bo‗linadi. Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming 
kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, ma‘muriy markaz bo‗lgan shahar (Toshkent 
shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpog‗iston Respublikasi bo‗ysunuvidagi shaharlar 
turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‗lgan, muhim ma‘muriy ahamiyat 
kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar 
kiritilishi mumkin. Tuman bo‗ysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, 
kommunal xo‗jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, 
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‗rsatish korxonalari mavjud bo‗lgan 
hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo‗lmagan va uning 2/3, qismini ishchi, xizmatchilar, 
ularning oila a'zolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, 
shaharcha respublika ma‘muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo‗g‗inlar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə