Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə439/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

 


337 

ZAMONAVIY JAMIYAT
— jamiyatlarning rivojlanish jarayoniga ko‗ra 
ajratilgan ikki turidan biri. Z.j.ga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu jamiyatlarning 
ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida e‘tirof etiladi. Zamonaviy 
jamiyatlar pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik; madaniyatlar muloqoti 
kabi umumiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil 
etadilar. Hukumat va ratsional byurokratiya ularning oldida mas‘uldir. 
ZAMONAVIYLASHUV
— jamiyat tizimi xususiyatlarining o‗zgarishi jaryoni 
sifatida uning eng muhim sohalarining qayta qurilishini va murakkabroq, ammo 
moslashuvchan turmush tarzining shakllanishini nazarda tutadi. Zamonaviylashuv 
nazariyasi XX asrning 50-yillarida vujudga keldi. Zamonaviylashuv nazariyasi barcha 
ijtimoiy omillar tengligi, ulardan birining muayyan vaziyatda ustunligi mavjud shart-
sharoitlarga bog‗liqligidan kelib chiqadi. 
ZAMONAVIYLASHUV (siyosiy zamonaviylashuv)
— yuqori samara bilan 
ishlaydigan hokimiyat tashkilotlari cho‗zilishi, ularning rollari; funksiyalari va 
vakolatlari aniq chegaralanishi, jamiyatda oqilona byurokratiya shakllanishi
fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishidan iborat. Bunday o‗zgarishlar 
jamiyat rivojining mantig‗idan kelib chiqadi. 
ZARDUSHTIYLIK 
— mil. av. VII-VI asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi – 
Zardusht. So‗nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O‗rta Osiyo, xususan, Xorazm Z. 
vatani bo‗lgan. O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va O‗rta 
Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimgi paxlaviy tilida ―Zardusht‖ so‗zi 
―Magupta‖ deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar 
uni ―majus‖ shaklida qo‗llagan. Natijada o‗rta asrlardan beri ―Zardusht‖ ―majus‖, 
―zardushtiylik‖ esa ―majusiylik‖ sifatida qo‗llanib kelingan. Avestoda bayon etilgan. Z. 
ta'limoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug‗lik va qorong‗ulik, 
hayot va o‗lim o‗rtasidagi kurashga bog‗liq, deb tushuntiradi. Eng asosiysi – Z.da e‘tiqod 
erkinligi mavjud bo‗lgan. Z. insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik 
qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni ta'minlash uchun kurashga chorlagan, unda 
ma‘rifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qo‗yilgan. Z.da har bir inson butun 
kuchini o‗zini kamolatga yetkazish yo‗liga sarf etmog‗i lozim. Z. ruhoniylari alohida 
tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Z. arshakiylar va sosoniylar 
podshohligi davrida hukmron dinga aylangan. Z. 13 asr davomida ajam mamlakatlarida 
asosiy din bo‗lib kelgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə