Termiz iqtisodiy va servis instituti



Yüklə 205,28 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü205,28 Kb.
#117283
XUSANOVA NIGORA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ IQTISODIY VA SERVIS INSTITUTI
BOSHLANGʻICH TAʼLIM YO’NALISHI
1-BOSQICH 70 22 -GURUH TALABASI
XUSANOVA NIGORANING
GENDER TARBIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu:Gender stereotiplari va normalari.
Kattalarning gender ijtimoiylashuviga ta’siri.
REJA:
Gender stereotiplari va normalari.
Kattalarning gender ijtimoiylashuviga
Erkaklar va ayollar uchun kutilgan xatti-harakatlar (yoki meʼyorlar) majmui, shuningdek, erkak va ayol sifatida qabul qilinadigan faoliyat, vazifalar va mas’uliyatni belgilovchi oʻrganilgan xatti-harakatlar gender rollari deb ataladi. Ular shaxsda jamiyat va madaniyat taʼsirida shakllanadi va rivojlanadi. Gender rollari xilma-xil boʻlib, ularning mazmuni jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida oʻzgaradi. Har bir inson xotin, opa-singil, ona, tadbirkor ayol yoki ota, er, doʻst, faxriy talaba va hokazolar kabi turli xil rollarni bajarib keladi.
Koʻp rollarni bajarish insonning psixologik farovonligiga hissa qoʻshishi haqida dalillar mavjud. Rollar yoki rollarning tarkibiy qismlari bir-biriga zid boʻlishi mumkin, bu holda ular rol ziddiyatini keltirib chiqaradi[ Gender stereotiplarini gender rollaridan — erkaklar va ayollarning oʻzini qanday tutishi haqidagi jamiyatda shakllangan umumlashtirilgan gʻoyalar (eʼtiqodlar) dan farqlanishi kerak.
Buning uchun erkak va ayolni turli yoʻllar bilan tasvirlaydigan maxsus atamalar va soʻzlar mavjud boʻlib, barchasi alohida aks ettirilgan jamoat ongining namoyon boʻlish shakllari — stereotiplarni mujassam etadi. Anʼanaga koʻra, stereotip soʻzi maʼlum bir sxema sifatida tushuniladi, uning asosida axborotni idrok etish va baholash amalga oshiriladi. Ushbu sxema maʼlum bir hodisani, ob’ektni umumlashtirish funktsiyasini bajaradi. Odatda uning yordami bilan inson harakat qiladi hodisalarni baholaydi yoki oʻylamasdan avtomatik ravishda harakat qiladi[
Ijtimoiy stereotip tushunchasi shaxsning qobiliyatini bildiradi. Atrofdagi dunyoni umumlashtirilgan tarzda baholash, ijobiy xulosalar va tanqidiy xulosalar chiqarishga, uning asosi boʻlib xizmat qiladi. Ijtimoiy stereotiplarning ijobiy tomoni shundan iboratki, maʼlumot yetishmasligi yoki davom etayotgan oʻzgarishlar va sharoitlarda tezda harakat qilishni oʻrgatadi.
Jamiyat uchun tarixan shakllangan gender stereotiplarini yengib oʻtish qiyin va ayollarning yetakchiligini qabul qilish har doim ogʻriqli boʻlgan. Demokratik institutlarning shakllanishi va siyosiy madaniyatning rivojlanishi, oʻz navbatida, jamiyatda siyosiy huquq boʻyicha tenglikning rivojlanishiga xizmat qiladi. Turli inqiroz holatlarida qobiliyat va rol funktsiyalari haqidagi stereotiplar oʻzlarini namoyon qiladi. Odatda ayollar ishdan boʻshatish uchun nomzod boʻlishadi va ishga qabul qilishda afzallik erkakka beriladi
Turli madaniyatlarda gender stereotiplarining mazmuni biroz oʻxshashdir. Misol uchun, 25 mamlakat talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, tegishli madaniyatlarda jasorat, mustaqillik, kuch, hokimiyat va hukmronlik istagi erkaklarga, noziklik, qaramlik, xayolparastlik, emotsionallik, boʻysunish va zaiflik ayollarga tegishli fazilatlar degan fikrlar olindi Boshqa tomondan, xuddi shu tadqiqot dangasalik, takabburlik, maqtanchoqlik va tartibsizlik kabi fazilatlar turli madaniyatlarda turli jinslarga tegishlilikni ham isbotladi
Yüklə 205,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə