Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/147
tarix11.12.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#145899
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Namangan muhandislik pedagogika isntituti menejment kafedrasi (1)

 
2.4. Strategiyani ishlab chiqish 
 
Tashkilot strategiyasi - bu kompaniyaning to’rgan joyidan erishmoqchi bo’lgan 
joyiga qanday qilib o’tkazish mumkin, degan masalani yechish xaqidagi 
yo’riqnomadir. Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi: 
1)
korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha 
umumiy strategiya); 
2)
ishbop strategiya (kompaniyaning xar bir yo’nalishi uchun strategiya); 
3)
funktsional strategiya (kompaniyaning xar bir funktsional to’zilmasi uchun 
strategiya); 
4)
amaliy strategiya (asosiy to’zilmalar: zavodlar, savdo shaxobchalari va 
bo’limlar uchun ); 
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog’onalari
10
.
Strategiya faqat oliy raxbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas. 
Uni ishlab chiqishning quyidagi to’rtta pog’onasini ajratib olish maqsadga muvofiqdir: 

korporatsiya miqyosi, 

bo’linmalar miqyosi 

funktsional miqyosi 

quyi pog’ona menejerlari (dala komandirlari). 
 
2.5. Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Kompaniya strategiyasini aniqlashga ko’plab omillar ta’sir qiladi. Bu omillarning 
o’zaro ta’siri xar bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida 
o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Korxona 
hamisha xam o’zi xoxlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning xarakatlari qonun , 
davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi. 
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi
11

1)
jamiyat manfaatlari va odob meyorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish; 
2)
ijtimoiy afzalliklar va jamiyat extiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini 
tartibga solish; 
3)
tartiblashtiruvchi meyorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur 
xarakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish; 
4) aktsiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash; 
5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash. 
10
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.43
11
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.46 
37


Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini shugullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo 
yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi lozim. 
Strategiyada xisobga olinishi va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning 
oddiy modeli. Bu omillarning o’zaro ta’siri odatda kompleks xarakterga ega bo’lib, 
tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi. 
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli 
ustunlikka erishilmasa, kompaniyaning faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiyaning 
o’zi muvaffaqiyat keltirmaydi. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə