Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə58/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

33
alohida, g‘oyat muhim o‘rin egalladi» . Zero, demokratiyaning eng ta’sirchan

31 Jo’raev Q.A. Saylov tizimini erkinlashtirish - demokratik taraqqiyot omili. Adolat. 2011 yil 6 may № 20 (825)



mexanizmi ham saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Aslida ham, saylov - demokratiya degani, demokratiya - bu saylov, demakdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida davlatimiz rahbari uqtirganidek, deputat degan yuksak ishonchga sazovor har qaysi inson avvalo o‘zi uchun ovoz bergan odamlar haqida o‘ylashi ham demokratiyaning yana bir belgi-alomati hisoblanadi34.
ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy voqea sifatida yondashdilar .
O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga qaratilgan izchil islohotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu islohotlar davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Xususan, davlat qurilishi va boshqaruvi, xalq hokimiyatchiligini ta’minlash, davlat hokimiyati organlari faoliyatida demokratik prinsiplarni mustahkamlash sohasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Biroq, hali oldimizda konstitutsiyaviy tuzumni yanada mustahkamlash, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash, demokratiya va ijtimoiy adolatni o‘rnatish kabi, shuningdek mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan siyosiy institutlarni yanada rivojlantirish orqali insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishdek ulkan vazifalar turibdi.
Zotan, o‘zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning irodasiga tayangan, barcha umume’tirof etilgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga ta’minlashga intilgan davlat deganda tom ma’nodagi demokratik davlat tushiniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va hurfikrliligiga asoslangan fuqarolik jamiyati demokratiyasining muhim ajralmas qismidir. Mazkur davlatning legitimliligi asosini esa xalq suvereniteti tashkil etadi. O‘z navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo‘lishining asosini saylovlar orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatning demokratik davlat, deb e’lon qilishning o‘zi kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy institutlar, huquqiy kafolatlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Bunday, konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning negizini saylov huquqi instituti tashkil etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishda saylovlar bir vaqtning o‘zida ikkita yirik vazifani echishga xizmat qiladi: Birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo‘lib, fuqarolarni uyushgan

34 Saidov A. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov tizimi. - T.: TDYUI nashriyoti, 2005. - 44 b.

35 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O’zbekiston», 2005. - B.33.



holda o‘zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Haqiqatdan ham “xalq hokimiyatining bevosita oliy ifodasini erkin saylovlar tashkil
37
etadi” . Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‘lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib o‘ziga siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o‘zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirib boradilar. SHuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, o‘z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko‘nikmalarini orttirib boradilar.
Demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutloq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, tom ma’nodagi vakillik demokratiyasining amalga oshirilishi saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir.
Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o‘zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar.

37 Qarang: Baglay M.V. Konstitutsionnoe pravo Rossiyskoy federatsii. - M.: ING’RA, 2000. - S. 107.

39 Konstitutsiyaviy huquqda legitimlik deb (lotinchadan legitimus - qonuniy) davlat hokimiyati organining yoki oliy mansabdor shaxslarning huquq va vakolatlarini qonuniy deb topilishi ularni konstitutsiyaga va xalqni qonuniy bildirilgan irodasiga aniq mos kelishi tushuniladi.




Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə