Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Jadval-2.1 Polipropilenning asosiy fizik-mexanik xossalari



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə11/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Marjona

Jadval-2.1
Polipropilenning asosiy fizik-mexanik xossalari

Polipropilen polietilenlarga nisbatan ancha yuqori issiqbardoshlika ega. Dielektrik xossalari keng harorat chegarasida saqlanadi. Juda kam suv shimganligidan uni dielektrik xossalari nam muhitda ham o‘zgarmaydi. Xona haroratida organik erituvchilarda erimaydi; 80oC dan yuqorida aromatik (benzol, toluol) va xlorli uglevodorodlarda eriydi. Polipropilen kislota va ishqorlar ta‘siriga yuqori haroratda ham tuzlarni suvdagi eritmasiga 100oC dan yuqorida, mineral va o‘simlik yog‘lari (moylari) ta‘siriga chidamlidir. Polipropilen polietilenga nisbatan sekinroq o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi va agressiv muhit ta‘sirida yorilishga chidamliroq bo‘ladi. Polipropilenni katta kamchiligi bo‘lib, uni nisbatan sovuqqa chidamliligini pastligidir (-30oC). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u polietilendan yomonroqdir. Termoplastlarni qayta ishlash usullarini hammasi bilan polipropilenni qayta ishlash mumkin.
Polipropilenni izobutilen bilan modifikatsiyalash (5-10%) materialni qayta ishlanishini yaxshilaydi, egiluvchanligini, kuchlanish ta‘sirida yorilishga chidamliligini oshiradi, past haroratlarda mo‘rtligini kamaytiradi. Polipropilen plenkalari yuqori tiniqlikka ega bo‘lib issiqbardoshlik, mustahkamlik hamda gaz va par singdiruvchanligi bilan ajralib turadi. Polipropilen tolalari baquvvat bo‘lib, ulardan texnik matolar, arqonlar, qoplar va ko‘pik plastiklar olinadi.
Polimer va ular asosida tayyorlangan materiallarni qayta ishlash usullarini va texnologik jarayonlarini parametrlarini belgilashda materialning texnologik xossalari hisobga olinishi lozim, bularga quyidagilar kiradi: oquvchanlik, namlik, qotish vaqti, disperslik, kirishish, tabletkalanish, hajmning xarakteristikalari va boshqalar kiradi.
Plasifikator
Sintetik polimerlar va ularning birikmalari plastifikatorlar va boshqa qo`shimchalar sintez jarayonlarini maqbullashtirish va olinadigan polimerlar xususiyatini yaxshilash uchun katta ahamiyatga ega.
Plastifikatorlar — muloyimlashtirgich polimerlar platikligini va elastikligini oshirish uchun 30-40% gacha asosiy massaga qo`shiladi. Plastifikatorga qo`yiladigan asosiy talablar polimer bilan oson birikishi, past uchuvchanligi, maqsulotlarni sifatini yaxshilashi, uzoq muddat plastifikatorligini yo`qotmasdan xizmat qilishidir.
Asosiy plastifikatorlar guruhiga yuqori haroratda qaynovchi murakkab efirlar, dibutil, dioktil, ftalatlar tri krizol fosfat, yuqori molekulyar spirtlarning dikarbon kislotalar bilan hosil qilgan efirlari yoki yuqori molekulyar kislotalarning ikki asosli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari kiradi.
Organik va neft kimyo sintez sanoatida polimerlar texnologiyasi uchun, zarur bo`lgan yordamchi moddalar ham ishlab chiqariladiki, ularning ahamiyati beqiyosdir. Bular initsiatorlar va katalizatorlar, polimerlanishni tezlashtiruvchilar, regulyatorlar va ingibitorlar, stabilizator va boshqalardir.
To’ldirgichlar
Noorganik to’ldiruvchilarga tola yoki kukun ko’rinishda bo’ladi. Tola ko’rinishida ishlatiladigan noorganik to’ldirgichlarga shisha tolasi, asbest, vollostonit, kiradi. Kukun ko’rinishida ishlatiladigan to’ldirgishlar – kaolin, talk, metallarning oksidlari va tuzlari kiradi jumladan kalsiy oksid ham.
Novolak press-kukunlari ishlab chiqarishda odatda geksametilentetramin (urotropin) ishlatiladi. Aminoplastlar olishda tezlatgichlar sifatida metal oksidalari ham (MgO, CaO) ishlatiladi. Press- kukun va boshqa kompozision polimer materiallarni tabletkalashni osonlashtiradi, materiallarni qayta ishlash jarayonida press-shakllarga yopishib qolishni oldini olib, tayyor mahsulotni press-shaklladan chiqarib olishni yengillashtiradi. Undan tashqari plastmassadagi turli hil moddalarni bir-biriga surkalish kuchini ham kamaytirishi hisobiga qayta ishlash jarayonida press-materialni plastikligi va demak qovushqoq-oquvchanligini ham oshiradi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə