Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va parametrlari va tayyor mahsulot qo`yiladigan talablar



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə12/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Marjona

2.2. Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va parametrlari va tayyor mahsulot qo`yiladigan talablar.
Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta‘sirida qovushqoq-oquvchan qolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so‘ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo‘shliqini to‘ldirish qisobiga) va sovitish tufayli qotadi. Bu usul bilan oqirligi bir necha grammdan tortib bir necha xilogrammgacha bo‘lgan, devor qalinligi 1-20 mm bo‘lgan buyum olish mumkin. Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyiSh maShinalari orqali amalga oshiriladi. quyish maShinalariga har xil konstruktsiyaga ega bo‘lgan maxsus quyish qoliplari o‘rnatiladi.

2.1-rasm. Bosim ostida quyish mashinasi:
1 – Material silindr; 2 – Isitgich; 3 – Shnek; 4 – sovutuvchi kanallar; 5 –bunker; 6 – gidrodvigatel; 7 – reduktor; 8 – gidrosilindr; 9 – monometr; 10 –qo‘zgalmas plita; 11 – yo‘naltiruvchi kolonkalar; 12 – qolip; 13 – qozg‘aluvchiplita; 14 – kolyosnorechajniy mexanizm 15-gidrosilindr 16-gaykalar 17-qo‘zg‘almas plita 18-tayanch 19-soplo
Quyish mashinasining tsilindriga bunkerdan donachalar qolidagi (granula) polimer tushadi. Tsilindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumShab, so‘ngra qovuShqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. shneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) o‘tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. qolip ichidagi bo‘shliqni to‘ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytiShi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. shundan so‘ng bosim ostida quyiSh tsikli yana qaytadan boShlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon deb qisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi, chunki materiallarning qizdiriliShi shakldan-qolipdan tashhari bo‘ladi, quyilgan maqsulot eng yuqori, aniq o‘lchamlarda olinadi. Bu usul bilan olingan buyumlar qo‘shimcha ishlov berishni talab xilmaydi. qolipdagi kataklar soniga qarab (bir yoki ko‘p uyali qoliplar) bir vaqtning o‘zida bir qancha buyum quyilishi mumkin. shuning uchun ham quyish mashinalari ish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi.
Bosim ostida quyish mashinasi (termoplast avtomat deb ham ataladi) asosan ikki kismdan iborat:
1) plastikatsiya mexanizmi;
2) Shakl berish mexanizmi;
Birinchi qism materiallarni dozirovkasi uchun ikkinchi qism esa quyilish shaklini barpo qilish uchun xizmat xiladi. quyish mashinasini asosiy klassifikatsiya parametrlariga quvvati yoki hajm yuboriliShi kiradi; bitta quyilmaga ketadigan material [sm3] birligida belgilanadi. Eng ko‘p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o‘qi, material yuborish va qoliplar gorizontal holatda joylaShgan.
Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
-suyuqlanmani harorati (Tr);
- qolip harorati (Tf);
- quyiSh bosimi (Rl);
- qolipdagi bosim (Rf);
- buyumni shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (Tvo‘d), sovitish vaqti (Toxl) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (Totv);
Bosim ostida quyish jarayonining analiz qilish uchun quyidagilarni o‘rganish lozim: polimerni oquvchan qolatga o‘tiShi uni me‘yorlash zonasiga uzatiSh suyuqlanmaning yiqilishi suyuqlanmaning "soplo-forma" sistemasida oqiShi suyuqlanmani shakllovchi va shakl bo‘shlig‘i kanallari orqali oqishi buyum strukturasining shakllanishi.
Termoplast polimerlarni quyish ikki rejimda olib borilishi mumkin: intruziya va injektsiya.
Intruziya - rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to‘ldirilgunga qadar shnek aylanma harakatda bo‘lib turadi; qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab harakati natijasida qolipga purkash yo‘li bilan uzatiladi. Injektsiya - rejimida esa shnekni aylanishi faqatgina material dozasini yig‘ilish va uni plastikatsiya qilishi mashinaning injektsiya tsilindrda o‘tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab harakatga kelishi hisobiga amalga oshiriladi. Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo‘llaniladi. Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir. Bosim ostida quyish usuli uchun asosan termoplastlar granula holatida bo‘ladi, uning PTR ko‘rsatkichi 2-30 g/10 min gacha ishlatiladi
Kam oquvchan (2-7 g/10 min) bo‘lgan polimerlardan buyum olish mumkin, lekin bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan termoplastlarga yuqori harorat berish lozimligini talab qilinadi, bunda termik destruktsiya yuz berishi mumkin. Bosim ostida quyiSh jarayoni davriy (tsiklik) bosqichlardan iborat: xom ashyoni quyish mashinasi plastikatsion tsilindriga yuklash va suyuqlanmani tayyorlash (plastikatsiya); qolipni jipslashishi va uni suyuqlanma bilan to‘ldirish; qolipni bosim ostida ushlab turish; bosimsiz ushlab turish; qolipni ochilishi va buyumni olinishi.
Xom ashyoni quyish - quyish mashinasi ustiga o‘rnatilgan bunker orqali amalga oshiriladi. Plastifikatsion tsilindrda materialni isitish orqali oquvchan qolatga o‘tkaziladi; uni zichlashtiriladi va gomogenlashtiriladi. Gomogenezatsiya deb massani bir tekisda aralashtirishga aytiladi, uning oqibatida harorat bir tekis massa bo‘ylab taqsimlanadi va bu zichlikning, qovushqoqlikning bir tekis bo‘lishiga olib keladi. Plastifikatsiya sharoitini shunday tanlash kerakki u sezilarli polimerni parchalanishiga olib kelmasin.
Tayyor mahsulotga bir qancha parametrlar bo`yicha talablar qo`yiladi. Bunda tayyor mahsulot turli usullar yordamida sinaladi. Polimerlarning fizikaviy va mexanik xususiyatlari ularning ekspluatatsiya sharoitiga katta ta`sir ko'rsatadi. Shu sababli quyida plastmassalarning issiqlik-fizik va fizik-mexanik xossalari qanday aniqlanishiga to'xtalib o'tmoqchimiz. Bu ko'rsatkichlar ularning ishlab chiqarishda standart belgilar bilan baholanadi

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə