Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/74
tarix11.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#146863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Dinshunoslik majmua 18-18. 2018

Din antropologiyasi. Dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini o‘rganuvchi soha. U din psixologiyasi va sotsiologiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi.
Jumladan, barcha dinlar va diniy tasavvurlarda birinchi odamning paydo bo‘lishi Xudo yoki xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Masalan, qadimgi Bobilda yaratilgan «Enum Elish» dostonida dastlabki inson xudolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uruShdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgani, Qadimgi Misrdagi afsonalardan birida esa Xnum nomli iloh odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasagani aytiladi. Shu bilan birga, islom, xristianlik va Yahudiylik dinlarida ham insoniyat yagona xudo tomonidan tuproqdan yaratilgani aytilib, ilk inson Odam yoki Adam deb nomlanadi. Umuman olganda, din antropologiyasi barcha dinlardagi inson haqidagi g‘oyalarni o‘rganib, tizimlashtiradi.
Din antropologiyasini o‘rganishda qator metodlar mavjud bo‘lib, falsafiy, materialistik maktab vakillari Dinshunoslikning bu sohasini ham evolyutsion nazariyaga moslashtirishga harakat qilganlar. Jumladan, ko‘plab adabiyotlarda Jahon dinlari o‘zlarining aksar e’tiqodlarini qadimgi Bobil, Misr, Mesopotamiya, fors va hind afsonalaridan o‘zlashtirgani aytib o‘tiladi. Bu, bir yoqlama yondashuv bo‘lib, teologik metod tarafdorlari dinlardagi bu o‘xshashlikni ularning bir o‘zakdan kelib chiqiShi bilan bog‘laydilar. Dinshunoslikda esa, barcha dinlarning antropologik qarashlari, hech qanday shaxsiy fikr bildirmagan holda, boricha o‘rganish nazarda tutiladi.
Dinshunoslik yuqoridagi fan sohalaridan tashqari, boshqa bir qancha ilm turlari bilan ham bog‘liq. Ularning ichida birinchilardan bo‘lib tarix o‘rin oladi. Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o‘tmshdagi voqea-hodisalarni o‘rganuvchi bir ilm turi bo‘lishi bilan birga moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan dinlari tarixiga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.
Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr Evropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni o‘sha dinlarga kirib ketmasliklari ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) yo‘naliShidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910 y.) «al-Aro’ vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (vaf. 957 y.) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (vaf. 1029 y.) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. SHuningdek Beruniyning (vaf. 1048 y.) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlaniShlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘naliShida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir Bag‘dodiyning (vaf. 1038 y.) «al-Farq bayn al-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092 y.) «Bayn al-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo‘naliShida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012 y.) «al-Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064 y.) «Kitob al-fasl fi-l-milal va-l-ahvoi va-n-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim SHahristoniyning (vaf. 1183 y.) «al-Milal va-n-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo Yuzini ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111 y.) «ar-Radd al-jamil» (Go‘zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821 y.) «Kitob al-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmiSh xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim SHahristoniyning «al-Milal va-n-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fi-l-milal va-l-ahvo va-n-nihal» («Dinlar, adaShgan firqalar va mazhabni ajratiSh») kabi asarlari, Shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot iShlari ko‘plab Evropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot iShlaridan asosiy manba sifatida foydalaniShlari uchun qulay imkon yaratdi. Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot beriSh yoki ularni tavsif qiliShda noxolislikka olib keliShi mumkin bo‘lgan har qanday Shaxsiy hissiyotlarni suiiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi: «Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘naliShlarning hech birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, Shundayligicha, undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qiliShga ahd qildim».
Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida Shunday yozadi: «Bu kitob bahs-munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida Shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan Shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
G‘arb mamlakatlarida Dinshunoslik fani ko‘pincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shahristoniy asarlarida qo‘llanilgan dinlar ilmi yoki dinlar tarixi atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boShlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda naShrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boShqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «SHarqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (Dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlaniShlar bilangina etishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. SHunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, BrYussel va Rim kabi markazlarda Dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar etishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der LYu, R.Otto, G.MenShing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.SHarp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.SHoyps va Mixael Paylar nomini zikr qiliShimiz mumkin.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə