Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Modifikatsion o’zgaruvchanlik



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169
biologiya

15.4. Modifikatsion o’zgaruvchanlik 
Organizmlardagi  o’zgaruvchanlik  faqat  irsiy  omillarga  bog’liq  bo’lmaydi. 
Ko’pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta'sirida ham o’zgaruvchanlik 
sodir bo’ladi. 
Tashqi  muhit  omillari  ta'sirida  vujudga  keladigan  fenotipik  tafovutlar 
modifikatsion  o’zgaruvchanlik
  deb  ataladi.  Modifikatsion  o’zgaruvchanlik 
populyatsiyadagi  ko’pchilik  organizmlarga  xos.  Muhitning  bunday  ta'sir  oqibati 
kelgusi  avlodlarga  berilmasligi  bilan  tavsiflanadi.  Modifikatsion  o’zgaruvchanlik 


 
 
bo’yicha  to’plangan  ma'lumotlar  nuklein  kislotalardagi  irsiy  axborot qanday  qilib 
fenotipda namoyon bo’lishini tushunishga yordam beradi. Shuni ta'kidlash lozimki 
har  qanday  tirik  mavjudotning  morfologik,  fiziologik,  biokimyoviy  belgi- 
xossalarini  majmuasi  ya’ni  fenotipi  faqat  ota-onadan  olingan  genlargina  emas, 
balki  ma'lum  darajada  shu  organizm  rivojlanayotgan  muhitning  xilma-xil  omillari 
ta'sirida ro’yobga chiqadi. 
Modifikatsion o’zgaruvchanlikga misol qilib gornostay quyon zotidagi yung 
rangi  o’zgarishi  bo’yicha  qilingan  tajriba  natijasini  keltirish  mumkin.  Quyonning 
bu  zotida  yung  oq  bo’lib,  faqat  oyoq  uchlari,  quloq  suprasi,  tumshuq  uchi,  dumi 
qora  rangda.  Agar  quyonning  orqa  tomonida  uncha  katta  bo’lmagan  qismidagi 
yunglar  ustara  bilan  olinib,  shu  quyon  harorat  pastroq  xonada  boqilsa  yungi 
qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo’lib o’sib chiqadi. 
Xuddi shunday hodisani xitoy navro’zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish 
mumkin.  Bu  o’simlikning  qizil  gulli  formasi  odatdagi  15
0
-25
0
  sharoitda 
rivojlanadi. Aksincha o’simlik 30
0
-35
0
 haroratli muhitda o’stirilsa uning gullari oq 
rangda bo’ladi. Oq gulli  navro’zgul  urug’lari normal sharoitga ekilsa, urug’lardan 
rivojlangan o’simliklarning guli qizil rangda bo’ladi. Binobarin navro’zgulning gul 
rangi tashqi  muhitdagi  haroratga qarab o’zgaradi. 4000  m balandlikka ko’tarilgan 
alpinistlarning qonida eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa 
ularda  eritrotsitlar  soni  normal  holatga  keladi.  Ba'zan  kimyoviy,  fizikaviy 
mutatsiyalar ta'sirida organizmning fenotipi keskin o’zgaradi va nuqsonli organizm 
rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar deb ataladi. 
Organizm belgilarining tashqi muhit omillari ta'sirida genotipga bog’liq holda 
o’zgarish darajasi reaksiya normasi deyiladi. 
Ba'zi  belgilar  tashqi  muhit  ta'siriga  ko’proq  beriluvchan,  boshqalari  esa 
unchalik  tashqi  ta'sirotga  berilmaydigan,  nisbatan  turg’un  bo’ladi.  Shunga  ko’ra 
birinchi  belgilarning  reaksiya  normasi  keng,  ikkinchisiniki  tor  bo’ladi.  Masalan, 
g’o’za o’simligida mineral ozuqa va namlikning ta'siri natijasida tupdagi ko’saklar 
soni  keskin  ortishi  yoki  kamayishi  mumkin.  Lekin  ko’sakning  hajmi  esa  unga 
nisbatan  kamroq  o’zgaradi,  gultojibargning  yoki  tolaning  rangi  o’ta  turg’un 


 
 
sanaladi.  Shoxli  qoramollarda  ozuqaning  ta'siri  sut  miqdoriga  ko’proq,  sutdagi 
yog’  miqdoriga  kamroq  ta'sir  ko’rsatadi.  Yung  rangi  esa  tashqi  muhit  ta'siriga 
berilmaydigan,  turg’un  belgi  hisoblanadi.  Binobarin,  g’o’zaning  hosildorligi, 
sigirlarda  sut  miqdorining  reaksiya  normasi  keng,  g’o’zada  ko’sakning  hajmi, 
sigirlar  sutidagi  yog’  miqdori  belgilarining  reaksiya  normasi  o’rtacha,  g’o’zadagi 
tola  rangining,  shoxli  qoramollarda  yung  rangi  belgilarining  reaksiya  normasi 
nihohatda tor hisoblanadi. 
Modifikatsion  o’zgaruvchanlik  tabiatda  keng  tarqalganligi  sababli  u 
poligenlar  ta'sirida  irsiylanadimi  yoki  tashqi  muhit  ta'sirida  hosil  bo’ladimi degan 
masala  munozaraga  sababchi  bo’ldi.  Bu  munozara  XX  asrning  boshida 
V.Iogannsen  tajribalari  natijasida  yakun  topdi.  U  arpa,  no’xat,  loviya 
o’simliklarida  kuzatish  olib  bordi.  Olam  tashqi  muhit  ta'sirida  paydo  bo’lgan 
modifikatsion  o’zgaruvchanlik  avloddan-avlodga  berilmasligini  isbo’llab  berdi. 
Vaholanki  genlar  ta'sirida  paydo  bo’ladigan  o’zgarishlar  avloddan-avlodga 
beriladi. Modifikatsion o’zgaruvchanlik irsiylanmasa ham organizmning o’zgargan 
tashqi  muhit  sharoitida  moslanishida,  evolyutsion  jarayonda  har  bir  organizm 
turining  saqlanib  qolishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Modifikatsion 
o’zgaruvchanlik qonuniyatlari matematik - statistik usulda o’rganiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə