Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Tabiiy  va  sun’iy  mutatsiyalar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169
biologiya

Tabiiy  va  sun’iy  mutatsiyalar. 
Tabiiy  muhitda  paydo  bo’lgan  mutatsiyalar 
tabiiy
  yoki 
spontan
,  sun'iy  sharoitda  olingan  mutatsiyalar 
sun’iy  indusirlangan 
mutatsiyalar
 deb ataladi. Tabiiy  mutatsiyalar:  genning  yangi  holati bo’lib, u kabi 
turg’undir.  Tabiiy  mutatsiyalarning  paydo  bo’lish  sabablari  turlicha.  Odatda 
mutatsiya organizmlarga tashqi  muhit omillari radiatsiya,  yuqori  yoki past  harorat 
kimyoviy  moddalar  ta'sirida  paydo  bo’ladi.  Mutatsiya’ning  hosil  bo’lishida  ichki 
sabablar,  chunonchi,  gen  mutatorlar,  metobolitlar  ta'siri,  autoreproduksiyadagi 
xatoliklar, shuningdek krossingover muhim rol o’ynaydi. 
Tabiiy  mutatsiyalar  to’g’risidagi  tasavvurlar  XX  asrning  60  yillarida 
genlarning  o’z-o’zini  hosil  etishi,  reparatsiya  va  genlarning  rekombinatsiyasi, 
shuningdek  ularga  sababchi  ferment  sistemasi  ochilgandan  so’ng  shakllandi. 
Dastlabki paytda genmutatsiyalar  DNK  sintezida  qatnashadigan  fermentlar 


 
 
faoliyatidagi xatoliklar sababchi  degan  faraz  mavjud  edi.  Hozirgi  davrga  kelib 
mazkur  faraz  deyarli  barcha  olimlar  tomonidan  e'tirof  qilindi.  Insonlar  tabiiy 
mutatsiyalardan seleksiya ishlarida foydalanib kelganlar.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə