Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169
biologiya

15.3. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni 
Irsiy  o’zgaruvchanlikning  gomologik  qatorlar  qonuni  mashhur  rus  olimi 
N.I.Vavilov  (1924)  tomonidan  g’allaguldoshlar  oilasida  kashf  qilingan.  Bu 
qonunga  ko’ra  agar  g’allaguldoshlar  oilasiga  kiruvchi  bir  avlodda  biror  bir  irsiy 
o’zgaruvchanlik kuzatilsa, shunday irsiy o’zgaruvchanlik uning boshqa avlodlarida 
ham  uchrashi  mumkin.  G’allaguldoshlarning  bug’doy,  arpa,  suli,  tariq, 
makkajo’xori,  sholi  avlodlarida  ayrim  belgilari  masalan,  don  rangining  oq,  qizil, 
qora,  gunafsha,  don  shaklining  yumaloq,  cho’zinchoq,  hayot  kechirish  tarziga 
ko’ra  kuzgi,  bahorgi,  yarim  kuzgi,  ertangi,  kechki  formalarida  takrorlanishini 
ko’rish  mumkin.  Xuddi  shuningdek  Gossipium  (g’o’za)  avlodiga  kiruvchi  g’o’za 
turlarda  tolaning  oq,  malla,  chigitning  tolasiz,  tolali,  yoki  gultoji  barglarning 
qaymoq,  sariq  rangdagilari  kuzatiladi.  Irsiy  o’zgaruvchanlikning  gomologik 
qatorlar  qonuni  hayvonlarda  ham  o’z  tasdig’ini  topadi.  Xususan,  tananing  oq 
rangda bo’lishi umurtqali hayvonlarning barcha sinflari-baliqlar, suvda va quruqda 
yashovchilar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar,  sutemizuvchilarga  mansub  avlod, 
turlarda  kuzatiladi.  Irsiy  o’zgaruvchanlikning  gomologik  qatorlar  qonuniga 
asoslanib selekSionerlar  madaniy o’simliklarning boy kolleksiyasini to’plashga  va 
undan yangi navlarni chiqarishda foydalanmoqdalar. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə