Namangan muhandislik-texnologiya instituti


G.Devenport,  A.Brus,  D.Djenik



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169
biologiya

G.Devenport,  A.Brus,  D.Djenik
  qayd  etishicha  geterozis 


 
 
urug’chidagi  zararli  retsessiv  genlar  ustidan  changchi  o’simliklarning  foydali 
genlar  dominantlik  qilishi,  aksincha,  changchi  o’simliklardagi  zararli  genlar 
ustidan  urug’chi  o’simlikning  foydali  genlari  dominantlik  qilishi  natijasidir. 
Masalan,  agar  urug’chi  genotipi  AabbccDDeeff,  changchi  esa  aaBBccddEEFF 
genlardan  iborat  bo’lsa,  ularning  gametalari  AbcDef  va  aBcdEF,  birinchi  avlod 
duragay  genotipi  AaBbccDdEeFf  ko’rinishda  bo’ladi.  Boshqacha  aytganda 
urug’chi  va  changchi  o’simliklarda  to’rttadan,  uchtadan  zararli  retsessiv  genlar 
bo’lsa,  ularni  duragaylashdan  hosil  bo’lgan  F^  o’simliklarda  esa  bitta  zararli 
retsessiv gen gomozigota holatida uchraydi. 
Geterozis  duragaylarning  barcha  belgilariga  ta’luqli  bo’lmay,  ayrim  belgi- 
xossalarga  tegishli  bo’ladi. 
A.Gustafsson
  o’simliklardagi  geterozisni  quyidagi 
xillarga ajratadi: 
a)  reproduktiv  geterozisda  F
1
  duragaylarning  urchish  organlari  yaxshi 
rivojlanib,  u  urug’  va  mevalarning  hajm  va  miqdor  jihatdan  ko’p  bo’lishiga  olib 
keladi. 
b) 
somatic 
geterozis  o’simlikning  vegetativ  organlarining  kuchli 
rivojlanishiga sababchi bo’ladi. 
c) adaptiv geterozis esa duragaylarning hayotchanligini oshiradi. 
Tabiiy  ravishda  duragaylarda  geterozis  ularni  hosil  qilish  uchun  tanlangan 
ota-ona organizmlarga hamda sharoitning qulay bo’lishiga bog’liq. 
Geterozis faqat F
1
 da bo’lib, uni kelgusi avlodlarga berish  hali o’z yechimini 
topgani  yo’q.  Geterozis  faqat o’simliklarni vegetativ,  ya’ni  qalamcha,  tugunak  va 
piyoz  ko’paytirilgandagini  avloddan-avlodga  berilishi  mumkin.  Geterozis  faqat 
o’simliklarda  emas,  hayvonlarni  ham  chatishtirganda  namoyon  bo’ladi.  Masalan, 
leggorn  zotli  tovuqlarning  inbred  liniyalarni  chatishtirishdan  olingan  F
1
  duragay 
tovuqlarda  chatishtirishga  qatnashgan  tovuqqa  nisbatan  tana  og’irligi  130  gr,  tut 
ipak  qurti  kapalaklarini  har-xillarini  chatishishidan  olingan  kapalak  pillalarining 
ipak  berishi 10-15% ortganligi aniqlangan. Geterozisni sababini biokimyoviy  yo’l 
bilan  tadqiq  qilish  yo’li  o’rganilganda  duragay  organizmlarda  ba'zi  fermentlar 
faolligi oshganligi ma'lum bo’ldi. 


 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə