Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Makkajo‘xori  o‘simligining  fertile  (1)  va



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169
biologiya

Makkajo‘xori  o‘simligining  fertile  (1)  va 
steril (2) ro’vagi 


 
 
navlarida uchraydi. 
Yuqorida ta'riflangan SES ning  uchala  xilida ham sterillik saqlanadi. Hozirgi 
vaqtda SEP  ning ro‘y berish sabablarini tushuntiruvchi 3 ta gipoteza mavjud: 
1. Virusli  infeksiyalar  gipotezasiga  binoan  jinsiy  ko‘payishda  tuxum  hujayra 
sitoplazmasi  orqali  virusli  infeksiyalar  nasldan-naslga  o‘tadi  va  sterillikka  sabab 
bo‘ladi. 
2.  SEP  uzoq  formalarni  duragaylashning  natijasidir.  Bir  tur  organizm 
hujayrasining  yadrosiga,  ikkinchi  tur  organizm  hujayrasi  si-  toplazmasining  mos 
kelmasligi sterillikka olib keladi. 
3. SEP sitoplazmadagi plazmogenlarning spetsifik mutatsiyala- nishidir. 
Hozirgi  vaqtda  haqiqatga  eng  yaqini  uchinchi  gipotezadir,  chunki  uni 
isbotlovchi  dalillar  juda  ko‘p.  Organizmning  pushtli  (fertil)  yoki  pushtsiz  (steril) 
holatlarda  bo‘liish  hujayra  yadrosidagi  mutant  gen  va  sitoplazmadagi 
plazmogenlarning harakat kuchiga bog‘liq. 
Agar  yadrodagi  mutant  gen  dominant  holatda  bo‘lsa,  sitoplazmadagi 
plazmogenlar  retsessiv  ko‘rinishda  bo‘ladi.  Bunday  organizmlarda  erkak  va 
urg‘ochi  gametalar  normal  rivojlanib,  ular  changlatish  va  changlanish  qobilyatini 
yo‘qotmaydilar. Agar yadrodagi mutant gen retsessiv holatda bo‘lsa, plazmogenlar 
dominant  ko‘rinishda  bo‘ladi  va  bunday  organizmlarda  sterillik  (pushtsizlik) 
yuzaga keladi. 
Gulning  urug‘chisi  rivojlanmasa  u  changlana  olmasa  - 
urg‘ochi  sterillik

changchi rivojlanmasa - 
erkak sterllik
 deb atalali. SES ning eng muhim xususiyati - 
kelgusi bo‘g‘inga ona organizm orqali berilishidir. Uning bu xususiyatidan hozirgi 
vaqtda makkajo‘xori va boshqa ekinlarning geterozisli duragaylarini yetishtirishda 
keng  foydalanilmoqda, chunki,  gulni bichish  ishlari o‘tkazilmaydi va changlanish 
erkin holatda o‘tadi. 
Hozirgi  vaqtda  maxsus  to‘yintirish  usulida  o‘tkazilgan  chatishtirishlar  orqali 
olinayotgan  ona  sifatidagi  organizmlarga  (liniyalarga)  SEP,  ota  sifatidagi 
organizmlarga  (liniyalarga)  esa  fertillikni  mustahkamlovchi  va  keyingi  avlod 
organizmining fertilligini tiklovchi qobiliyat kiritiladi. 


 
 
Shunday  tartibda  yetishtirilgan  liniyalardan  olingan  duragaylar  geterozis 
hodisasi  evaziga  ota-ona  formalarga  nisbatan  25-40%  ko‘p  va  sifatli  hosil  beradi. 
Hozirgi  vaqtda  genetik  va  seleksioner  olimlar  sterillik  asosida  bug‘doyning  ham 
geterozisli duragaylarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqdalar. 
Tashqi omillar ta'sirida sitoplazmada biror o‘zgarish sodir bo‘lsa va u bir necha 
avlodlar  mobaynida  saqlansa,  bunga  davomli 
modifikatsiya  deyiladi. 
Masalan, 
loviya  urug‘iga  0,75  %  xloral  gidrat  eritmasi  ta'sir  ettirilsa,  birinchi  avlodda 
3
/
4
 
qism o‘simliklar bargida oq anomal dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu dog‘lar 7-avlodgacha 
saqlanib, keyin yo‘qoladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə