Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169
biologiya

Xardi - Vaynberg qonuni 
1908 yilda ingliz matematigi G.Xardi va nemis vrachi V.Vaynberg bir-biridan 
mustaqil  holda  erkin  chatishadigan  populyasiyalarda  geterozigota  va  gomozigoga 
organizmlarning  tarqalish  qonunini  yaratdilar.  Bu  qonunga  ko‘ra  populyasiyadagi 
allel  genlar  juftlari  Nyutonning  binom  tarqalish  koeffitsentiga  asosan  (p+q=1) 
tarqaladi.  Xardi-Vaynberg  qonuni  har  qanday  erkin  chatishadigan  populyasiyalar 


 
 
genotiplari uchun xos bo‘lib. quyidagi hollarda bo‘lishini talab etadi: 
1) populyasiya cheklanmagan miqdorda bo‘lishi; 
2) populyasiyaning hamma namunalari bir-biri bilan erkin chang lanishi; 
3)  gomozigota  va  geterozigota,  allel  juftlari  bir  xil  hayotchan,  mahsuldor  va 
tanlash obekti bo‘lmasligi; 
4) mutatsiya hollari cheklangan yoki bir xil intensivlikda uchrashi. 
Bulardan  shuni  xulosa  qilish  mumkinki,  tabiatda  bunday  populyasiyalarni 
yaratishning  imkoniyati  yo‘q.  Shuning  uchun  Xardi-Vaynberg  qonuni  faqat  ideal 
populyasiyalar  uchun  xos.  Lekin  bu  qonun  tabiiy  populyasiyalarda  yuz  beradigan 
evolyusion  omillarning  buzilishi  hollarida,  masalan,  tanlash,  mutatsiya  yuz 
berganda  va  namunalar  soni  cheklanganda,  genetik  o‘zgarishlar  dinamikasini 
o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə