Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169
biologiya

genetik  yuk
  deb 
atadi.  Ya'ni  bunday  retsessiv  mutatsiyalar  gomozigota  holatga  o‘tganda 
hayotchanligi  past  organizmlar  yuzaga  keladi.  Odam  populyasiyasida  bunday 
mutatsiyalar  ta'sirida  irsiy  kasalliklar  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Odatda  mutatsiya 
natijasida  populyasiya  namunalarining  hayotchanligi  va  ko‘payish  koeffitsienti 


 
 
pasayadi va o‘limi kuchayadi. Kichik mutatsiyalar ham asta-sekin to‘planib zararli 
ta'sir  ko‘rsatadi.  Mutagen  omillar  organizmning  morfo-fiziologik  rivojlanishining 
buzi- lishiga olib keladi. Lekin, shu bilan birga bu jarayon evolyusion jarayonning 
harakatlantiruvchi omili bo‘lib hisoblanadi. 
Populyasiyada  yashirin  holdagi  o‘zgaruvchanlikning  katta  zahiralari  mavjul. 
Bu  fikrni  birinchi  bo‘lib,  1927  yilda  S.S  Chetverikov  aytgan.  U  drozofilaning 
tabiiy  populyasiyasida  genotipik  geterozigotalikni  o‘rganish  asosida  shunday 
xulosaga kelgan. Inbriding usulida bu populyasiyaning 239 ta urg‘ochi drozofilani 
tekshirib.  ularda  32  ta  retsessiv  mutatsiyalar  yashirin  geterozigota  holatda 
mavjudligini  aniqladi.  M.Rods  gomonidan  esa  makkajo‘xorining  bir  qancha 
navlarini o‘rganish natijasida geterozigota holatidagi retsessiv mutatsiyalar topildi. 
Ularning  ko‘pchiligi  zararli  bo‘lib  (o‘simtalar  sariqligi,  endosperm  deffektligi, 
urug‘larning  murtaklari  bo‘lmasligi),  ba'zilari  letal  ta'sir  ko‘rsatishi  mumkin 
bo‘lgan,  lekin  retsessiv  holda  bo‘lgani  uchun  ham  fenotipda  namoyon 
bo‘lmasligini aniqladi. 
Har  bir  populyasiyada  ham  retsessiv  mutatsiyalar  mavjud  bo‘lib,  ular  faqat 
gomozigota  holatidagina  fenotipda  namoyon  bo‘ladi.  Tur  yoshi  qancha  katta 
bo‘lsa, unda shuncha mutatsiya ko‘p to‘planadi. . Ya'ni genotipik o‘zgaruvchanlik 
turning yoshiga to‘g‘ri proporsional ravishda oshadi. 
Populyasiyada  geterozigota  holatidagi  mutatsiyalarning  katta  zaxirasining 
bo‘lishi  uning  genetik  tarkibining  o‘zgarishi  asosida  moslanuvchanligini  oshiradi. 
Shunday  qilib,  geterozigotalik  populyasiyaning  plastikligini  ta'minlovchi  muhim 
biologik  ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari,  geterozigotalikning  boshqa  afzalligi 
ham  bor.  Ya'ni,  geterozigotalikning  geterozis  samarasi  yuzaga  kelib  ularning 
hayotchanligi va mahsuldorligi oshadi. 
Populyasiyalardagi  genetik  gomeostaz  mexanizmlaridan  biri  ularning 
polimorf  tuzilishidir.  Polimorfizm  bitta  populyasiya  arealida  bir  vaqtning  o‘zida 
ikki yoki undan ortiq genotipik va fenotipik farqlanadigan formalarning bo‘lishidir. 
Polimorfizmning  eng  yaxshi  o‘rganilgan  turi  grechixa  o‘simligidagi  geterostiliya 
hodisasidir.  Populyasiya  geterostiliya  o‘simliklarining  bo‘lishi  chetdan 


 
 
changlanishning  sabablaridan  biri  bo‘lib  uning  hayotchanligini  oshiradi. 
Polimorfizm hodisasi grechixadan tashqari primula, kunjut kabi o‘simliklarda ham 
yaxshi  o‘rganilgan  Populyasion  polimorfizm  tabiiy  tanlanish  orqali  boshqarib 
turiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə