Namangan muhandislik-texnologiya instituti


ikki  tomonlama  retsessiv  epistaz



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169
biologiya

ikki  tomonlama  retsessiv  epistaz
  deb 
nomlanadi.  Komplementar  irsiylanishdagi  ko’rib chiqilgan  ikkita  genotipi har  xil, 
lekin  fenotip  jihatdan  o’xshash  yumaloq  formali  mevaga  ega  qovoqlarni 
chatishtirish bunga yorqin misoldir. Mazkur misolda yumaloq qovoqning bir xilida 
genotip  AAbb,  ikkinchisida  esa  aaBB  edi.  Ularni  chatishtirish  natijasida  hosil 
bo’lgan  birinchi  avlodda  qovoq  mevasi  gardishsimon  shakldadir.  Binobarin  A- 
geni  bb  geni,  B-  geni  aa  geni  bilan  genotipda  birgalikda  bo’lgan  taqdirda 
gomozigota retsessiv genlarning dominant genlarga ta'siri tufayli yumaloq mevaga 
ega  qovoqlar  rivojlanadi.  Retsessiv  genlar  geterozigota  holatda  bo’lganda  esa  A-
Bb va AaB- genlar o’zaro ta'siri oqibatida gardishsimon qovoq mevasi rivojlanadi. 
Retsessiv  epistazga  tabiatda  uchraydigan  ba'zi  bir  g’ayri  tabiiy  hodisalarni 
ham misol sifatida olish mumkin. Birinchi misol odam terisining qon rangi P
1
P
2
 P
3
 
P
4
 genlar faoliyati tufayli rivojlanishi. Lekin bu poligenlar genotipda retsessiv “aa” 
genlar  gomozigota  holatda  bo’lganda  fenotip  o’z  ta'sirini  namoyon  eta  olmaydi. 
Chunki aa genlar ingibitorlik rolini o’taydilar. Ikkinchi misol. Odamlarda 4 xil qon 
guruhi bo’lib, uning antigenlar OO-I, AA AO-II, BB, BO-III, AB-IV hisoblanadi. 
Lekin  A-B  dominant  genlar  o’z  faoliyatini  genotipda  hh  ingibitor  genlar 
bo’lmaganda toTiq bajaradilar. Aks holda hh gomozigota holatda yuqoridagi A-B 
genlar  faoliyatini  bo’g’adilar,  oqibatda  II  III  IV  qon  guruhlari  o’rniga  odamlarda 
birinchi  qon  guruhi  rivojlanadi.  Mazkur  hodisani  Hh  ingibitorli  IV  qon  guruhiga 
ega odamlar nikohidan tug’ilgan farzandlar misolida ko’rish mumkin. 
8-jadval 
 
 
HI

hI

HI

hI

HI
A
 

HHI 
A
I

II 
HhI
 A
I
A
 
IV 
HHI
 A
I
B
 
IV 
HhI
 A
I
B
 
hI
A
 
II 
HhI 
A
I
A
 

hhI
 A
I
A
 
IV 
HhI
 A
I
B
 

hhI
 A
I
B
 
HI
B
 
IV 
HHI
 A
I
B
 
IV 
HhI
 A
I
B
 
III 
HHI
 B
I
B
 
III 
HhI
 B
I
B
 
 
IV 

III 



 
 
hI
B
 
HhI
 A
I
B
 
hhI
 A
I
B
 
HhI
 B
I
B
 
hhI
 B
I
B
 
 
Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  I
A
I
A
,  I
B
I
B
,  I
A
I
B
  antigenlarga  ega  farzandlarda 
ikkinchi,  uchinchi,  to’rtinchi  qon  guruhi  emas,  balki  retsessiv  hh  genlarning 
gomozigot holati tufayli birinchi qon guruhi rivojlangan. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə