Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Boshlangich  vegetativ  yaqinlashgirish  usuli



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169
biologiya

Boshlangich  vegetativ  yaqinlashgirish  usuli
  voyaga  yetgan  daraxt  turiga 
boshqa  o‘simlikning  bir  yillik  novdasi  payvand  qilingan.  Bunda  payvandust 
payvantagning  ildiz  sistemasi  hisobiga  5-6  yil  yashaganligi  sababli  bir-biriga 
biologik  moslashgan.  Payvandust  gullagach,  payvandtag  guli  bilan  changlatilgan. 
Bu  usul  hozir  boshqa  dala  ekinlarida  ham qo‘llanilmoqda.  Masalan,  B.ye.Pisarev
 
bug‘doy  donining  murtagini  olib  tashlab,  uning  o‘rniga  javdar  murtagini 
o‘tqazgan.  Bunday  dondan  unib  chiqqan  o‘simlikni  bug‘doy  bilan  chatishtirib, 
yangi o‘simlik xilini yaratgan. 
Uzoq formalarni chatishtirib olingan duragaylar unuvchanligining bo‘lmasligi 
urug‘larda endospermning yetarli rivojlanmasligi bilan bog‘liq. 
Turlararo  va  turkumlararo  duragaylar  urug‘lari  unuvchanligining  bo‘lmasligi 
yoki  past  bo‘lishini  bartaraf  qilish  murtak  ekish  usulining  qo‘llanilishi  bilan 
amalga  oshirilishi  mumkin.  Murtak  eksplantatsiyasi  usuli  yordamida  g‘o‘zaning 
tetraploid turlari bilan diploid turlarini chatishtirishni misol qilish mumkin. 
Duragay  urug‘lariing  uzoq  vaqt  tinim  holatida  bo‘lishi  va  ularning  sekin 
o‘sishini  ham  murtakni sun'iy ozuqa  muhitida o‘stirib tezlashtirish  mumkin.  Ba'zi 


 
 
hollarda  esa  duragay  o‘simtalarni  hayotchanligining  pastligi  ularni  ota-ona 
o‘simliklaridan biriga payvand usulida bartaraf qilinishi mumkin. 
Turlararo va turkumlararo duragaylarning pushtsizligi quyidagi sabablar bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin: 
-jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayonida hujayra bo‘linishining (meyoz) 
buzilishiga sabab bo‘ladigan yadro va sitoplazmaning nomuvofiqligi; 
-guldagi  jinsiy  organlarning  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiluvchi  genning 
mavjudligi; 
-meyozda  xromosomalarning  kon'yugatsiyalanishiga  to‘sqinlik  qiluvchi 
xromosomalar tuzilishidagi farqlarning bo‘lishi. 
Uzoq  formalardan  olingan  duragaylarning  pushtsizligini  bir  qancha  usullar 
bilan bartaraf etish mumkin. 
Ulardan  asosiylari  qayta  chatishtirish  va  allopoliplopdlar  olish  uchun 
o‘simliklar xromosomalarini ikki baravar oshirishdir. 
Qayta  chatishtirishlar  bekross  va  retsiprok  usullarida  amalga  oshirilishi 
mumkin. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə