Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Har xil tur va avlodlarga (turkumlarga) mansub o‘simliklarni



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169
biologiya

13.2. Har xil tur va avlodlarga (turkumlarga) mansub o‘simliklarni 
duragaylash 
Bir  turga  mansub  o‘simliklar  oson  chatishadi  va  avlod  beradi.  Lekin  uzoq 
formalarni duragaylashda ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Bular quyidagilar: 
1) turlar va turkumlarning o‘zaro chatishmasligi; 
2) duragay urug‘lar unuvchanligining pastligi; 
3) olingan duragaylarning pushtsiz bo‘lishi. 
Uzoq  turlararo  va  turkumlararo  formalarning  chatishmasligi  yoki  qiyin 
chatishishining  sababi  genetik  jihatdan  uzoq  bo‘lgan  gametalarning  genetik, 
fiziologik na tarkibiy mos kelmasligi bilan bog‘liq. 
Uzoq formalarni duragaylashda quyidagi hollardan biri kuzatiladi: 
1)  chang donasi boshqa turning urug‘chi tumshuqchasida o‘sa olmaydi; 
2)  chang  naychasi  juda  sekin  o‘sgani  sababli  murtak  xaltasiga  yetib 
kelolmaydi; 
3)  chang naychasi yetib kelsa ham urug‘lanish sodir bo‘lmaydi; 
4)    urug‘lanish  sodir  bo‘ladi,  lekin  murtak  rivojlanishining  dastlabki 
bosqichlarida (hujayralar bo‘lina boshlaganda) nobud bo‘ladi. 
5) murtak dastlab yaxshi rivojalanadi, lekin keyinchalik rivojlanishidan qoladi 
va shuning uchun unuvchanligi yo‘q duragay urug‘lar hosil bo‘ladi. 
Uzoq  formalarni  duragaylashda  turlar  va  turkumlarning  chatishmasligini 
bartaraf qilishning I.V.Michurin ishlab chiqqan 3 ta usuli qo‘llaniladi: 
1) changlar aralashmasi bilan changlash usuli; 
2) vositachi usul; 


 
 
3) boshlang‘ich vegetativ yaqinlashtirish usuli. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə