Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 O‘simliklarda jins va jinsiy xromosomalar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169
biologiya

14.2. O‘simliklarda jins va jinsiy xromosomalar 
Yuksak  o‘simliklar  asosan  bir  uyli  ikki  jinsli  (germofrodit)  bo‘lib,  ularning 
jinsiy hujayralari o‘zaro o‘xshashdir. Gulli o‘simliklarning faqatgina 5% i ikki uyli 
bo‘lib,  erkak  va  urg‘ochi  jinsiy  hujayralar  alohida-alohida  ekinlarda  rivojlanadi. 
Bunday  o‘simliklarga  tok  (Vitis  vinifera),  nasha  (Cannabis  sativa),  xmel 
(Humulius lipulus), shovul (Rumex), sparja (Asparagus officinalis) va boshqalarni 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
O‘simliklarda  jinsiy  xromosomalarning  bo‘lishi  hayvonlarnikiga  nisbatan 
ancha  qiyin  aniqlanadi.  Hozirgi  vaqtda  25  ta  oila  70  turga  mansub  yopiq  urug‘li 
o‘simliklarda  jinsiy  xromosomalar  mavjudligi  aniqlangan.  Jinsni  belgilaydigan 
xromosomalar  urg‘ochi  o‘simliklarda  gomogametali  (XX),  erkak  o‘simliklarda 
geterogametali  (XY)  dir.  Hozirgi  vaqtda  seleksiya  ishida  jins  genetikasining 
o‘simliklarga  xos  ma'lumotlaridan  nashaning  bir  uyli  xillarini  yaratish  uchun  va 
boshqa sohalarda foydalanilmoqda. Organizmda jins bilan bog‘langan belgilarning 
rivojlanishi  jinsiy  bezlar  ishlab  chiqadigan  garmonlarga  va  tashqi  sharoitga 
(harorat, yorug‘lik, oziqlanish  va boshqalarga) bog‘liqdir. Sharoit ta'siri  natijasida 
ontogenezda  jins  nisbati  o‘zgarishi  mumkin.  Masalan,  past  harorat  ta'sirida 
baqalarda ko‘proq erkak jinsi xosil bo‘ladi. 
Jinsni  belgilaydigan  xromosomalarni  chuqur  o‘rganish  va  jins  nisbatini 
o‘zgartirish  usullari  endilikda  chorvachilik  va  parrandachilik  mahsulotlarini 
ko‘paytirishga  yordam  bermoqda.  Keyingi  yillarda  drozofila,  xonqizi  kabi 
hasharotlarning  faqat  urg‘ochi  jinsli  avlod  beradigan  xillari  topildi,  ular  oddiy 
erkak jinslari bilan chatishtirilsa ham faqat urg‘ochi jinsli avlod beradi. 
Jinsni boshqarish pillachilikda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Pilla qurtining 
erkagi  urg‘ochisiga  nisbatan  25-30%  ko‘p  ipak  beradi.  Demak,  erkak  qurtlarni 
boqishdan  katta  iqtisodiy  samara  olinadi.  V.A.Strunnikov  va  L.M.G‘ulomova 
erkak  qurtlar  chiqadigan  tuxumlarni  urg‘ochi  qurtlar  chiqadigan  tuxumlardan 
ajratib  olishning  mukammal  va  eng  oddiy  usulini  ishlab  chiqqanlar.  Bunga  ipak 


 
 
qurtining autosoma xromosomalaridan birida urug‘da qora rang beruvchi dominant 
gen  borligini  aniqlash  orqali  erishildi.  Rentgen  nurlari  ta'sir  etilib,  shu  genni 
saqlovchi  xromosomaning  bir  bo‘lagi  X  xromosomaga  o‘tkaziladi.  Natijada 
urg‘ochi  qurt  chiqadigan  urug‘lar  qora  rangda  ekanligi  aniqlanib,  ularni  erkak 
qurtlar  chiqadigan  urug‘lardan  ajratish  oson  bo‘ldi.  Qora  rangni  rivojlantiradigan 
dominant  genga  ega  bo‘lgan  urg‘ochi  kapalaklar  uruqqa  oq  rang  beradigan  ikkita 
retsessiv genga ega bo‘lgan erkak kapalaklar bilan chatishtirilsa, birinchi bo‘g‘inda 
(F
1
da)  ikki  xil  rangdagi  (qora-urg‘ochi,  oq-erkak)  urug‘lar  hosil  bo‘ladi. 
Fotoelementlardan  foydalanib  bu  urug‘larni  mashina  yordamida  oson  ajratish 
mumkin.  Ajratib  olingan  oq  rangli  urug‘dan  faqat  erkak  jinsli  qurt  chiqadi.  Shu 
tariqa  ajratib  olib  boqilgan  qurtlardan  mo‘l  va  yuqori  sifatli  ipak  hosili 
yetishtiriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə