Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169
biologiya

14.4.
 
Krossingover va uning xillari 
Meyozning 
profaza 

dagi 
zigonemada 
gomologik 
xromosomalar 
konyugatsiyalanganda  ular  bir-biriga  jipslashib,  keyin  bir-biridan  ajralib  ketishida 
qismlarini  (genlarini)  o‘zaro  almashtiradi.  Natijada  tarkibidagi  genlar  boshqa  bir 
xil bo‘lgan xromosomalar hosil bo‘ladi va bu hodisa krossingover deyiladi. 
Krossingover  gomologik  xromosomalarda  joylashgan  genlarning  yangi 
birikmalari  hosil  bo‘lishi,  natijada  yangi  belgilarga  ega  bo‘lgan  avlodlar  dunyoga 
kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Krossingover  tabiiy  tanlanish  va  seleksiya  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Krossingoverni chuqur o‘rganish, genlarning genetik kartasini, yani har bir birikish 
gruppasida  genlarning  nisbiy  joylashish  sxemasini  tuzish  imkoniyatini  yaratdi. 
Juda ham ko‘p chatishtirishlar o‘tkazish natijasida barcha genlar xromosomada bir 
chiziqda  joylashishi  aniqlangach,  genetik  karta  sxema  tuzish  mumkin  bo‘ladi. 
Xromosomalarning genetik kartasini o‘rganish genlar xromosoma uzunligi bo‘ylab 
bir  tekis  tarqalmasligini  ham  ko‘rsatadi.  Xromosomaning  ba'zi  qismlarida  genlar 
boshqa  qismlaridagiga  nisbatan  zich  joylashadi.  Xromosomaning  ba'zi  qismlari 
genetik jihatdan aktiv bo‘lmasligi ham mumkin ekan. 
Irsiyatning xromosoma nazariyasini o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi: 
1.  Genlar  xromosomalarda  muntazam  bir  chiziqda  joylashgan  bo‘lib,  birikish 
gruppalarini  hosil  qiladi.  Birikish  gruppalarining  soni  gomologik  xromosomalar 
juftining soniga teng. 
2.  Har  bir  xromosomada  joylashgan  genlar  o‘zaro  bog‘langan  holda  nasldan-
naslga  o‘tadi.  Genlarning  o‘zaro  bog‘lanish  kuchi  ularning  o‘rtasidagi  masofaga 
bog‘liq. 
3. Gomologik xromosomalar o‘zaro chalkashish (krossingover) imkoniyatiga ega. 
Krossingover  natijasida  genlarning  rekombinatsiyasi  (tarkibi  o‘zgargan  gruppa 
hosil  bo‘lishi)  ruy  beradi.  Bu  esa  tabiiy  tanlanish  va  sun'iy  tanlash  uchun  boy 
manba bo‘lib xizmat qiladi. 
 4.  Genlarning  o‘zaro  birikishi  va  krossingover  qonuni  biologik  hodisa  bo‘lib, 


 
 
organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligi umumiyligini ifodalaydi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə