Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
biologiya

15.1. O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari 
O‘zgaruvchanlik  deyilganda  barcha  tirik  mavjudodlarning  o‘zgarishi 
tushuniladi. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi pa xususiyatlar paydo 
6o‘ladi  yoki  qandaydir  bor  bo‘lgan  belgi  yo‘qoladi.  Har  bir  populyasiyada  ayrim 
organizmlar  har  xil  belgilari  bilan  va  xususiyatlari  bilan  bir-biridan  farq  qilib 
turadi.  Bitta  turga  kiruvchi  organizmlar  o‘rtasidagi  farq  uning  genotipining 
o‘zgarishi bilan yoki tashqi muhit ta'sirida yuzaga chiqishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
o‘zgaruvchanlik  ikkiga,  ya'ni  irsiy  va  irsiy  bo‘lmaganga  ajratiladi.  Irsiy 
o‘zgaruvchanlik  genotipining  o‘zgarishi  natijasida  sodir  bo‘lganligi  uchun  bu 
o‘zgaruvchanlikni 
gepotipik  o‘zgaruvchanlik 
ham  deyiladi.  Genotipik 


 
 
o‘zgaruvchanlik  ikki  xil  bo‘ladi:  kombinativ,  mutatsion.  Kombinativ 
o‘zgaruvchanlik  uch  xil  yo‘lda  hosil  bo‘lishi  mumkin.  Shundan  ikki  yo‘li  meyoz 
jarayoniga  bog‘liq  bo‘lib  gomologik  xromosomalarning  o‘zaro  chalkashuvi  va 
anafazada  ota-ona  xromosomalarining  qutblarga  tasodifiy  ravishda  ajralishi 
natijasida sodir bo‘ladi. Uchinchi yo‘li esa urug‘lanish jarayonida tuxum hujayrani 
qaysi urug‘ hujayra urug‘lantirishga bog‘liq. Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm 
genlari  va  xromosomalarining  sifat  va  son  jihatidan  o‘zgarishi  natijasida  yuzaga 
keladi.  Irsiy  bo‘lmagan  o‘zgaruvchanlikda  esa  genotipda  o‘zgarish  sodir 
bo‘lmasdan faqat fenotip o‘zgaradi. Shuning uchun bu o‘zgaruvchanlikni fenotipik 
o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. O‘zgaruvchanlikni o‘rganishda oliy matematikaning 
bir  bo‘limi  bo‘lgan  variatsion  statistika  qo‘llaniladi.  Variatsion  statistnkaning 
nazariy asosi katta raqamlar va ahtimollar nazariyasidir. 
Bu  usul  yordamida  har  xil  populyasiyalarda  (zot,  poda,  liniya  va  oila) 
belgilarning  o‘zgarunchanlik  darajasi,  belgilarning  o‘rtacha  qiymatlari, 
belgilarning  o‘zaro  bog‘liqligi  va  naslga  berilish  darajalari  aniqlanishi  mumkin. 
Bundan  tashqari  bu  usul  yordamida  belgilarga  allel  bo‘lmagan  dominant  genlar 
ta'siri,  allel  genlarning  o‘zaro  ta'siri,o‘rtacha  naslga  berilishi,  o‘ta  dominantlik  va 
boshqa ta'sirlar o‘rganiladi. Biometrik usul o‘zgaruvchan belgilar bilan ish ko‘radi. 
Belgilar, o‘z navbatida, miqdor va sifat belgilariga bo‘linadi. Miqdor belgilar 
o‘lchash  va  hisoblash  yordamida  o‘rganilib,  raqamlar  bilan  ko‘rsatiladi.  Sifat 
belgilarga  hayvonlar  rangi,  shox  va  quloqlar  shakli  va  boshqalar  kiradi.  Sifat 
belgilari so‘z bilai ifodalanadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə