Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Jins bilan bog‘liq belgilarning nasldan-naslga berilishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
biologiya

14.3. Jins bilan bog‘liq belgilarning nasldan-naslga berilishi 
Jins  bitta  irsiy  belgi  hisoblanib,  bir  yoki  bir  necha  juft  genning  nazorati  va 
ta'sirida  shakllanadi.  Jinsni  shakllantiruvchi  genlar  jinsiy  xromosomalarda 
joylashgan.  Yangidan  paydo  bo‘lgan  organizmda  biron  belgining  rivojlanishi  shu 
belgi  genlarini  saqlovchi  jinsiy  xromosomalarning  nasldan-naslga  berilishi  bilan 
bog‘liqdir.  Jins  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  irsiy  belgilar  drozofila,  odam,  hayvon  va 
ekinlarda talaygina ekanligi tajribalarda aniqlangan. Masalan, ba'zi irsiy kasalliklar 
jinsiy  (X  yoki  Y)  xromosoma  bilan  birikkan  bo‘ladi.  Agar  kasallik  X  xromosoma 
bilan  bog‘langan  bo‘lsa,  u  onadan  X  xromosomani  olgan  farzandlarda  ham  ro‘y 
beradi. Y xromosoma bilan birikkan belgi yoki o’g’ilga kasalliklar esa farzandlarga 
otadan o‘tadi. 
Odamda  uchraydigan  daltonizm  (qizil  va  yashil  rangni  ajrata  olmaslik 
kasalligi X xromosoma bilan bog’liq. Daltonizm genini tashuvchi X xromosomaga 
ega bo‘lgan ayol bu kasallikni o‘zining o‘g‘il yoki qizlariga bir xil nisbatda beradi. 
Daltonizm  ayollarda  yashirin  (retsessiv)  holda  saqlanadi,  shuning  uchun  ular 
shikoyat qilmaydilar, lekin kasallik genini saqlovchi bo‘lib hisoblanadilar. 


 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə