Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Uzoq formalarni duragaylashlan qishloq xo‘jalik amaliyotida



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169
biologiya

13.3. Uzoq formalarni duragaylashlan qishloq xo‘jalik amaliyotida 
foydalanish 
Uzoq 
formalarni  duragaylash  qishloq  xo‘jalik  amaliyotida  keng 
foydalanilmoqda. Qishlok xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini yaratishda dastlabki 
material  yaratishda  turlararo  va  turkumlararo  duragaylash  qo‘llanilmoqda. 
Akademik  N.V.Sitsinning  yumshoq  bug‘doy  bilan  bug‘doyiqni  chatishtirish 
bo‘yicha  xizmatlari  kattadir.  Bundan  tashqari  g‘o‘za  va  kartoshka  ekinlari 
seleksiyasidagi yutuqlar diqqatga sazovordir. 
Akademik  F.G.Kirichenko  tomonidan  yumshoq  bug‘doy  bilan  qattiq 
bug‘doyni  chatishtirish  bilan  kuzgi  qattiq  bug‘doyning  Michurinka, 
Novomichurinka,  Odesskaya  3,  Odesskaya-12,  Odesskaya-16,  Odesskaya 
yantarnaya navlari yaratilgan. 
Uzoq  formalarni  duragaylash  usulida  un  sifati  yaxshi,  yotib  qolmaydigan, 
qurg‘oqchilikka  va  kasalliklarga  chidamli  bug‘doyning  Xarkovskaya  46  navi 
yaratilgan.  Bu  nav  3  ta  bug‘doy  turi  (Tg.  turgudum  x  Tr.  dicocum)  x  Tr.  durum 
ning mahsuli hisoblanadi. 


 
 
Bundan  tashqari,  o‘rta  va  ingichka  tolali  g‘o‘zaning  tezpishar,  viltga 
chidamli,  serhosil  navlari  xam  shu  usul  bilan  akademik  S.Miraxmedov  va 
Yu.Xutorniylar  tomonidan  yaratilgan.  Bu  navlar  qatoriga  o‘rta  tolali  g‘o‘zaning 
Toshkent  1,3,4,6  navlari  S-4727  navi  meksikanium  yovvoyi  g‘o‘za  bilan  bekross 
chatishtirish va tanlash usullari bilan yaratilgan. 
Shunday  qilib,  uzoq  formalarni  duragaylash  seleksiyada  muhim  usullardan 
biri  hisoblanadi.  Bunday  chatishtirishlardan  olingan  duragaylarda  ham  tur  ichida 
chatishtirishdek belgilar bo‘yicha ajralishlar yuz beradi. Lekin ular orasidan kerakli 
belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarni tanlash ko‘lami keng bo‘ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə