sanaladi. Shoxli qoramollarda ozuqaning ta'siri sut miqdoriga ko’proq, sutdagi
yog’ miqdoriga kamroq ta'sir ko’rsatadi. Yung rangi esa tashqi muhit ta'siriga
berilmaydigan, turg’un belgi hisoblanadi. Binobarin, g’o’zaning hosildorligi,
sigirlarda sut miqdorining reaksiya normasi keng, g’o’zada ko’sakning hajmi,
sigirlar sutidagi yog’ miqdori belgilarining reaksiya normasi o’rtacha, g’o’zadagi
tola rangining, shoxli qoramollarda yung rangi belgilarining reaksiya normasi
nihohatda tor hisoblanadi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik tabiatda keng tarqalganligi sababli u
poligenlar ta'sirida irsiylanadimi yoki tashqi muhit ta'sirida hosil bo’ladimi degan
masala munozaraga sababchi bo’ldi. Bu munozara XX asrning boshida
V.Iogannsen tajribalari natijasida yakun topdi. U arpa, no’xat, loviya
o’simliklarida kuzatish olib bordi. Olam tashqi muhit ta'sirida paydo bo’lgan
modifikatsion o’zgaruvchanlik avloddan-avlodga berilmasligini isbo’llab berdi.
Vaholanki genlar ta'sirida paydo bo’ladigan o’zgarishlar avloddan-avlodga
beriladi. Modifikatsion o’zgaruvchanlik irsiylanmasa ham organizmning o’zgargan
tashqi muhit sharoitida moslanishida, evolyutsion jarayonda har bir organizm
turining saqlanib qolishida muhim ahamiyat kasb etadi. Modifikatsion
o’zgaruvchanlik qonuniyatlari matematik - statistik usulda o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: