Tabiiy va sun’iy mutatsiyalar. Tabiiy muhitda paydo bo’lgan mutatsiyalar
tabiiy yoki
spontan , sun'iy sharoitda olingan mutatsiyalar
sun’iy indusirlangan mutatsiyalar deb ataladi. Tabiiy mutatsiyalar: genning yangi holati bo’lib, u kabi
turg’undir. Tabiiy mutatsiyalarning paydo bo’lish sabablari turlicha. Odatda
mutatsiya organizmlarga tashqi muhit omillari radiatsiya, yuqori yoki past harorat
kimyoviy moddalar ta'sirida paydo bo’ladi. Mutatsiya’ning hosil bo’lishida ichki
sabablar, chunonchi, gen mutatorlar, metobolitlar ta'siri, autoreproduksiyadagi
xatoliklar, shuningdek krossingover muhim rol o’ynaydi.
Tabiiy mutatsiyalar to’g’risidagi tasavvurlar XX asrning 60 yillarida
genlarning o’z-o’zini hosil etishi, reparatsiya va genlarning rekombinatsiyasi,
shuningdek ularga sababchi ferment sistemasi ochilgandan so’ng shakllandi.
Dastlabki paytda genmutatsiyalar DNK sintezida qatnashadigan fermentlar
faoliyatidagi xatoliklar sababchi degan faraz mavjud edi. Hozirgi davrga kelib
mazkur faraz deyarli barcha olimlar tomonidan e'tirof qilindi. Insonlar tabiiy
mutatsiyalardan seleksiya ishlarida foydalanib kelganlar.