15.3. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni
Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni mashhur rus olimi
N.I.Vavilov (1924) tomonidan g’allaguldoshlar oilasida kashf qilingan. Bu
qonunga ko’ra agar g’allaguldoshlar oilasiga kiruvchi bir avlodda biror bir irsiy
o’zgaruvchanlik kuzatilsa, shunday irsiy o’zgaruvchanlik uning boshqa avlodlarida
ham uchrashi mumkin. G’allaguldoshlarning bug’doy, arpa, suli, tariq,
makkajo’xori, sholi avlodlarida ayrim belgilari masalan, don rangining oq, qizil,
qora, gunafsha, don shaklining yumaloq, cho’zinchoq, hayot kechirish tarziga
ko’ra kuzgi, bahorgi, yarim kuzgi, ertangi, kechki formalarida takrorlanishini
ko’rish mumkin. Xuddi shuningdek Gossipium (g’o’za) avlodiga kiruvchi g’o’za
turlarda tolaning oq, malla, chigitning tolasiz, tolali, yoki gultoji barglarning
qaymoq, sariq rangdagilari kuzatiladi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik
qatorlar qonuni hayvonlarda ham o’z tasdig’ini topadi. Xususan, tananing oq
rangda bo’lishi umurtqali hayvonlarning barcha sinflari-baliqlar, suvda va quruqda
yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarga mansub avlod,
turlarda kuzatiladi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga
asoslanib selekSionerlar madaniy o’simliklarning boy kolleksiyasini to’plashga va
undan yangi navlarni chiqarishda foydalanmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |