Namangan muhandislik-texnologiya instituti


-rasm. Metafaza davridagi xromosomaning tuzilishi. 1- tashqi ko’rinishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
biologiya

5-rasm. Metafaza davridagi xromosomaning tuzilishi. 1- tashqi ko’rinishi.  
2 – ichki tuzilishi. 
Qutbli  va  elektron  mikroskopiya  kabi  tadqiqot  metodlari  xromosomalarning 
nozik  tuzilishini  o’rganishga  imkon  yaratdi.  Har  bir  xromonema  ikkita  elementar 
yig’indidan, ya’ni mikromolekulyar o’lchamli birlamchi ipchalardan tashkil topadi. 
Birlamchi ipcha diametri 30 A
0
 ga teng. 
Spirallashish  ikki  ko’rinishda  bo’ladi.  Ularning  biri  mayda,  ikkinchisi  yirik 
bo’ladi. Xromosomalar  uzunasiga ayrim qismlar ko’proq spirallashadi, boshqalari 
kam spirallashadi. Spirallashgan qism to’q rangda, kam spirallashgani och rangda 
bo’ladi.  Spirallashgan  qism  geteroxromatin,  kam  spirallashgan  qism  euxromatin 
deb 
nomlanadi. 
Xromosomalarning 
uzunasiga 
tabaqalashganligi 
gigant 
xromosomalarda  ayniqsa  ko’zga  tashlanadi,  chunki  ular  1000  dan  ortiq 
xromonemalardan  iborat  bo’ladi.  Gigant  xromosomalar  chivin  lichinkasining 
so’lak  bezi  hujayralarida,  so’ng  drozofila  lichinkasi  so’lak  bezlarida,  o’simlik 
hujayralarining endosperm va antipod yadrolarida topilgan. 
Xromosomalarni  maxsus  bo’yoq  moddalari  bilan  bo’yaganda  uning  turli 
qismlari  turlicha  reaksiyaga  kirishadi.  Ayrim  qismlari  to’q  rangga  bo’yaladi,  ular 
geteroxromatin,  och  rangga  bo’yalgan  qismlari  euxromatin  qismlardir.  Ular 
turlicha genetik xususiyatga ega. Geteroxromatin qism irsiyat jihatdan nofaol, ular 
xromosomalarning  sentromeraga  yaqin  joyda  ko’proq  uchraydi.  Euxromatin 


 
 
qismlari esa faoldir. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə