Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
biologiya

Griffits  tajribasi:
  DNKning  genetik  roli  birinchi  marotaba  zotiljam  kasalligini 
qo’zg’atuvchi  yumaloq  shakldagi  bakteriyalar-pnevmokoklarda  isbotlangan. 
Pnevmokoklardagi transformatsiya hodisasi 1928 yili ingliz bakteriologi F.Griffits 
tomonidan  ixtiro  qilingan.  Uning  tajribasi  pnevmokoklarning  ikki  S  va  R 
shtammlari  ustida  o’tkazilgan.  Bakteriyalarning  S  shtammi  agar  agar*dan 
tayyorlangan  quyuq  ozuqa  muhitida  tekis,  yorqin  koloniya  hosil  qiladi.  U 
polisaxarid  kapsulaga  ega  bo’lib  sichqonlarga  yuqtirilgach  ular  o’limiga  sababchi 
bo’ladi.  Bakteriyalarning  R  shtammi  kapsulasiz  bo’lib,  quyuq  ozuqa  muhitida 
g’adir-budur koloniya hosil etadi va shtamm sichqonlarga yuqtirilganda, ular omon 
qoladilar. 
Tajribada  S  shtammli  bakteriyalar  65-70°  S  issiqlik  ta'sirida  o’ldirilgach, 
ularning patogenlik xususiyati  yo’qolgan. F.Griffits tajribalarining birida o’lgan S 
shtamm  qoldig’i  bilan  tirik  R  shtamm  bakteriyalar  aralashgan  holda  sichqonlar 
tanasiga  yuqtirilganda,  ba'zi  bir  sichqonlarning  o’lganligi  kuzatilgan.  O’lgan 
sichqonlar qoni tekshirilganda ularda tirik S bakteriyalar borligi aniqlangan. 
Boshqa  sichqonlarga  issiqlik  ta'sirida  o’lgan  S  shtammli  bakteriyalar  yoki  tirik 


 
 
R  bakteriyalar  alohida-alohida  yuborilganda  sichqonlar  o’lmay,  tirik  qolgan  (6- 
rasm). O’tkazilgan tajriba asosida agar o’lgan S bakteriya va tirik R shtamm birga 
bo’lsa, u holda R shtamm o’lgan S shtamm xossasiga ega boTishi mumkin degan 
xulosaga  kelindi.  Lekin  olim  S  shtamm  bakteriyalarni  qanday  moddasi  irsiy 
xossani tashib yurishini bila olmadi. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə