Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Oqsil sintezlanishida DNK va RNK ning o‘zaro ta'siri



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
biologiya

10.4.Oqsil sintezlanishida DNK va RNK ning o‘zaro ta'siri 
Genlarda  oqsil  molekulasining  birlamchi  tuzilishi  to’g’risida  irsiy  axborot 
bor  degan  g’oya  dastlab  F.Krik  tomonidan  ilgari  surilgan.  Bu  g’oyaga  binoan 
gendagi  nukleotidlar  izchilligiga  ko’ra  oqsil  tarkibida  aminokislotalar  joylanishi 
tartibi  amalga  oshadi.  Oqsil  tarkibida  20  xil  aminokislota  bor.  Vaholanki, 
DNKdagi  nukleotidlar  atiga  to’rt  xil.  Mabodo  bir  nukleotid  bir  aminokislotani 
oqsil  tarkibiga  kiritishda  qatnashadi  deb  faraz  qilsak,  unda  oqsil  tarkibi  4  xil 
aminokislotadan  tashkil  topib  16  tasi  chetda  qolar  edi.  Agar  ikki  nukleotid 
kombinatsiyasi  aminokislotalarni  oqsil  tarkibiga  kiritadi  deb  o’ylasak,  u  holda 
oqsil molekulasi 16 xil aminokislotadan iborat bo’lar, 4 aminokislota chetda qolar 
edi.  Shunga  ko’ra  bir  aminokislota  polipeptid  zanjiriga  uchta  nukleotid 
kombinatsiyasi  orqali  kiritiladi  deb  o’ylaylik.  U  holda  4  =64  aminokislota 
polipeptid  tarkibidan  o’rin  olgan  bo’lar  edi.  Vaholanki  oqsil  tarkibidagi 
aminokislotalar yuqorida qayd etilganidek atiga 20 xil. Modomiki shunday ekan, u 
holda bir aminokislota bittadan ortiq triplet yordamida oqsil tarkibiga kiritiladi deb 
faraz qilamiz. 
Yuqoridagi  mulohazalarga  suyangan  bir  guruh  olimlar  (X.Korana, 
M.Nirenberg,  S.Ochoa)ning  sayi-harakati  tufayli  1965  yilga  kelib  barcha 
aminokislotalarni  tripletlari  aniqlandi  va  ularga  asoslanib  genetik  kod  jadvali 
tuzildi.  Genetik  koddagi  nukleotidlar  izchilligini  aniqlash  ikki  xil  metod  asosida 
amalga  oshirildi.  G.Korana  o’z  shogirdlari  bilan  genni  laboratoriyada  kimyoviy 
yo’l  bilan  sintez  qildi,  so’ngra  polidezoksiribonukleotid  asosida  hujayradan 
tashqarida qaysi triplet qanday aminokislotani polipeptid bog’ tarkibiga kiritishini 
aniqladi. 
M.Nirenberg  va  P.Leder  esa  qaysi  tRNK  qanday  aminokislotani  tanib 
ribosomaga tashishini kuzatdi va kuzatishlaridan xulosa chiqardi. 
Olib  borilgan  tadqiqotlardan  ma'lum  bo’ladiki  aminokislotalardan  metionin, 
triptofan  bittadan  triplet  orqali  polipeptid  zanjiriga  qo’shiladi.  Tirozin,  sistein, 
fenilalanin,  gistidin,  glutamin,  asparagin,  lizin  ikkitadan,  izoleysin  esa  uchtadan 


 
 
triplet  yordamida,  prolin,  treonin,  alanin,  glisinlar  to’rttadan,  leysin,  arginin, 
serinlarni  olti  xil  tripletlari  ishtirokida  polipeptid  tarkibidan  o’rin  oladilar.  1981 
yilga qadar yer yuzidagi barcha organizmlarda genetik kod bir xil degan fikr keng 
tarqalgan  edi.  Lekin  keyinchalik  odam  hujayrasidagi  mitoxondriya  DNK 
tripletlarining  funksiyasi  o’rganilganda  hujayra  yadrosidagi  genetik  koddan  farqli 
ravishda  AUA  tripleti  izoleysin  o’rniga  mitoxondriya  genetik  kodida  metioninni 
sintezlashi,  AGA  va  AGG  tripletlari  argininni  emas,  balki  oqsil  sintezini 
tugallanganligini bildiruvchi terminator kodon ekanligi isbotlandi 
Har  bir  amino-kislotaning  tuzilishida  3  ta  nukleotidni  biriktirishdan  hosil 
bo‘lgan  tripletlar  ishtirok  etadi.  Masalan:  metionin  aminokislotasi  bir  triplet 
(AUG):  lizin  -  2  ta  tripletdan  (AAA  va  AAG),  izoleytsin  -  3  ta  (AUU,  ATSU  va 
AUA) tripletlar nazoratidan yuzaga chiqadi. 
Bir  aminokislotani  sintez  qiluvchi,4  ta  nukleotid  birikmasi  -  triplet  yoki 
tripletli  kod  deyiladi.  Hozirgi  vaqtda  bir  qancha  oqsillarda  aminokislotalarni 
joylashishi  aniqlangan.  Masalan:  ribonukleoza  oqsili  124  aminokislotadan  iborat, 
oqsilni  sun'iy  sintez  qilish  uchun  aminokislotalarni  navbatlanishini  bilish  zarur. 
Uglevod  va  fosfor  kislotasi  hamma  nukleotid  tarkibida  bir  xil  bo‘lib,  faqat  azotli 
asos  qismi  farq  qiladi.  Demak  DNK  moddasining  bir-biridan  farqi  azotli  asos 
qismini  joilanishi  bilan  farq  qiladi.  DNK  tarkibidagi  azotli  asoslar  (nukleotidlar) 
sintez bo‘layotgan oqsil molekulasida aminokislotalarni joylanish tartibini belgilab 
berishi  genetik  kod  yoki  irsiyat  kod  deyiladi.  Shuning  uchun  irsiy  axborot  DNK 
molekulasida yozilgan deyiladi. 
«Genetik  kod»ni  asosi  ochilgandan  keyin  barcha  20  ta  aminokislotalarning 
(20  ta)  tripletlari  ham  aniqlandi.  DNKning  1  aminokislotasi  sintez  qiluvchi  3  ta 
nukleotiddan iborat qismi Kodon deyiladi. Amerikalik bioximiklar M.Nirenberg va 
S.Ochoa  1962  yilda  oqsillar  tarkibiga  kiruvchi  20  ta  aminokislota  uchun 
tripletlarning tarkibini aniqladilar. 
Molekulyar  genetikasida  olib  borilgan  ko‘plab  tajriba,  ku-  zatishlarida 
to‘plangan  ma'lumotlar  asosida  irsiyatning  umumiy  nazariyasi  quyidagi  qabul 
qilingan sxema tarzida ko‘rsatiladi: 


 
 
DNK (transkripsiya) —►A-RNK (trapslyasiya) —►oqsil (Replikatsiya) 
Replikatsiya  DNK  molekulasini  2  marta  ortishi.  Bunda  boshlang‘ich  DNK 
qolip vazifani bajaradi. 
Hujayrada oqsil sintezlanishi 4 bosqichda yuz beradi: 
Birinchi  bosqichda  aminokislotalarni  ATF  ta'sirida  aktivlanishi  yuz  beradi, 
ya'ni  bunda  ATF  energiyasi  aminokislotalarniing  birikishi  maxsus  ferment  - 
aminoanil  -  RNK  -  ginitaza  katalizatorligida  boradi.  Natijada  aktivlashgan 
aminokislotallr  o‘zaro  yaxshi  ta'sir  etib  polipeptid  zanjiriga  qo‘shiladi. 
Sitoplazmada oqsil molekulasini sintez qilish uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar 
doim bo‘ladi. 
Ikkinchi  bosqichda  aktivlashgan  aminokislotalar  T-RNK  yordamida, 
ribosomalarga  ya'ni  oqsil  sintez  bo‘ladigan  joyga  tashib  boriladi.  T-RNK 
molekulagi  A-RNK-ga  qaraganda  zanjiri  kichik,  70-80  nukleotiddan  iborat. 
Aminokislota  T-RNK-ni  uchki  qismiga  birikadi.  Barcha  RNK-larda  aminokislota 
birikuvchi  qismi  bir  xil  -SSA  iukleotiddan  iborat  bo‘ladi.  Xar  bir  aminokislotani 
tashuvchi aloxida T-RNK  mavjud bo‘lib,  ya'ni 20  xil aminokislotani tashuvchi  20 
xil T-RNK bor. 
Uchinchi  bosqichda  aminokislotalar  DNK  tarkibidagi  nuleotidlar  tartibi 
bo‘yicha  ketma-ket  joylashadi.  Bu  tartibda  joylashish  A-RNK-da  yozilgan 
axborotga  muvofiq  yuz  beradi,  Bir  necha  aminokislotalar  birikib  bir  oqsil 
molekulasini  hosil  qiladi,  ya'ni  R-RNK  tarkibidagi  ferment  ta'sirida  murakkab 
oqsil  zanjirini  hosil  qiladi.  Bu  jarayon  ribosomalarda  peptidpolimeraza  ferment 
ta'sirida yuz beradi. Ribosomalar tarkibi oqsil va RNK-dan iborat bo‘ladi. Bu RNK 
ribosomal RNK deyiladn. 
To‘rtinchi bosqich. Bu davrda oqsil polipeptid zanjiri to‘liq shakllanadi. Hosil 
bo‘lgan  vodorod  bog‘lar  ta'sirida  polipeptid  oqsil  zanjiri  spiral  shaklida  buralib, 
biologik aktiv (konfiguratsiya) holatiga o‘tadi. 
Xulosa.  Oqsil  biosintezida  DNK  molekulasi  yetakchi  vazifani  bajaradi  va  bu 
jarayonni  boshqaradi.  DNK  molekulasida  joylashgan  triplet  kodlari  joylanish 
tartibiga muvofiq unda axborot RNK molekulasi snntezlanadi. Keyin shu A-RNK-


 
 
da yozilgan axborotga muvofiq bo‘lajak oqsil aminokislotalari yig‘iladi 
Shunday qilib DNK molekulasi organizm belgi va xususiyatlari haqidagi irsiy 
axborotni o‘zida saqlaydi va irsiyatni oqsil biosintezi orqali boshqaradi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə