Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169
biologiya

10.1.
 
Nuklein kislotalar va ularning irsiyatdagi roli. DNK va RNK turlari 
Xromosomalarning  kimyoviy  tarkibi  90-92%  nukleoproteidlardan  iborat. 
Nukleoproteid  dezoksiribonuklein  kislotasi  (DNK)  va  oqsil  gistonlardan  tashkil 
topgan.  Bundan  tashqari,  xromosomada  RNK,  kalsiy,  magniy,  temir  ionlarining 
birmuncha miqdori va gistonsiz oqsillar ham mavjud. 
Irsiyatning  moddiy  asoslarini  o‘rganish  barcha  tirik  organizmlarda  DNK 
borligini  ko‘rsatadi,  faqat  ayrim  viruslar  tarkibida  RNK  uchraydi.  Elektron 
mikroskopida  olingan  mikrofotografiyada  DNK  molekulasi  uzun  ipsimon  shaklda 
ko‘rinadi,  uni  parchalanishidan:  azotli  asos,  uglevod-  dezoksiriboza  va  fosfor 
kislotasi  ajralib  chiqadi.  DNK  molekulasida  azotli  asoslardan  4  xil  nukleotidlar: 
adenin  va  guanin  (purin  xosilalari),  sitozin  va  timin  (pirimidin  xosilalari) 
qatnashadi.  Demak  DNK  molekulasi  ko‘p  marta  takrorlanuvchi  elementar 
zarrachalar  -  nukleotidlardan  iborat.  Nuklein  kislota  degan  nom  lotincha 
«nukleus»,  ya'ni  yadro  so‘zidan  olingan  bo‘lib.  ular  yadroda  topilgan.Hujayra 
tarkibida 2 xil  nuklein kislota DNK va RNK  ma'lum  bo‘lib, DNK  asosan hujayra 
yadrosida  (avtanom  organoidlar  –  plastid  va  mitoxondriyalar),  RNK  ega  yadroda 
ham, sitoplazma tarkibida ham uchraydi. Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati 
muhim bo‘lib, ular hujayrada oqsillarni sintezlanishida asosiy vazifani bajaradi. 
Ribonuklein  kislota  -RNK  molekulagi  DNK  ga  nisbatan  ikki  marta  kichik 
bo‘lib  1  zanjirdan  iborat.  Uniig  tarkibi  ham  o‘xshash  bo‘lib:  azotli  asos,  uglevod 
(riboza)  va  fosfor  kislotasidan  tuzilgan.RNK  tarkibida  ham  A,  S,  G  nukleotidlari 
bo‘lib,  ammo  timin  uchramaydi,  uning  o‘rnida  uratsil  -  U  bor.  Hujayrada  3  xil 
RNK uchraydi axborot-A-RNK, transport-T-RNK, ribosomal-R-RNK. 
A)  DNK  -  ning  bir  zanjirdagi  nukleotidlar  tarkibi  ikkinchi  zanjirdagi 
nukleotidlar tarkibiga qat'iyan bog‘liq va malum tartibda joylashadi. Bir zanjirda A 
joylashgan  bo‘lsa,  uning  ro‘parasida,  ikkinchi  zanjirda  T  bo‘ladi;  bir  zanjirda  G 
joylashgan bo‘lsa, ikkinchi zanjirda hamisha S bo‘ladi. Shunday qilib, A-T va G-S 
juftida  nukleotidlarning  biri  go‘yo  ikkinchisnni  to‘ldiradi.  Bu  to‘ldirish  prinsipi 


 
 
hujayra  bo‘linganda  yangi  DNK  molekulalari  qanday  sintezlanishini  tushunib 
olishga  yordam  beradi.  Tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  irsiy  hossalarni  ona 
hujayradan  qiz  hujayraga  o‘tishi  yangi  DNK  molekulasini  2  hissa  ortishi  - 
replikatsiyasiga asoslanadi. Hujayra bo‘linishidan oldin, undagi DNK molekulalari 
ikki  hissa  ortadi,  ya'ni  replikatsiya  hodisasi  ro‘y  beradi.  Buning  natnjasida  DNK 
qo‘sh  spirali  zanjirida  yozilgan  axborotga  asosan  irsiy  belgilarni  keyingi 
hujayralarga berilishi amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə