Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari. Monoduragay chatishtirish



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169
biologiya

11.1 Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari. Monoduragay chatishtirish 
XVII asr oxirlaridan boshlab yangi zotlar va navlar yaratish maqsadida har xil 
o‘simliklar  va  hayvonlarni  duragaylab  ota-ona  belgi  va  xususiyatlarini  nasldan-
naslga  o‘tish  qonuniyatlari  o‘rganila  boshlandi.  Bu  ishlar  o‘z  davrida  genetika 
fanining  rivojlanishi  uchun  asos  bo‘ldi,  lekin  ular  irsiyat  qonunlarini  to‘liq  ochib 
bera olinmadi. 
Irsiyatni o‘rganishning asosiy usulini 1865 yilda chex olimi G.Mendel ishlab 
chiqdi.  U  o‘zining  no‘xot  o‘simligi  ustida  olib  borgan  tajribalarining  natijasini 
1866 yilda “O‘simlik duragaylari ustida tajribalar” nomli asarida e'lon qildi. 
Bir  biologik  turga  kiruvchi,  bir-biridan  ayrim  belgilari  bilan  farq  qiluvchi 
formalarni  chatishtirish  tur  ichida  duragaylash  deyiladi.  G.Mendel  ham  no‘xat 
o‘simligini sariq va yashil donli  navlarni chatishtirdi  va olingan duragay avlodida 
shu  belgilarni  birinchi,  ikkinchi  va  keyingi  avlodlarda  naslga  o‘tishini  kuzatib 
bordi. G.Mendel aniqlagan qonuniyatlar 1900 yilgacha olimlarga ma'lum bo‘lmadi. 
Keyinchalik  1900  yilda  De-Friz  (Gollandiyada),  K.Korrens  (Germaniyada)  va 
Chermak  (Avstriyada)  bir-biridan  xabarsiz  boshqa  ekinlarda  tajribalar  o‘tkazib, 


 
 
Mendel  aniqlagan  xulosalarga  keldilar.  Shundan  so‘ng  Mendelning  ishlariga 
qiziqish  ortib  bordi  va  uning  ochgan  qonunlari  fanda  tan  olindi.  Mendel  ishining 
muvoffaqiyatli chiqishiga sabab shunda ediki, uning ish uslubi boshqa olimlarning 
ishlaridan farq qiladi. 
No‘xot  o‘simligida  olib  borilgan  tajribalarda  Mendel  qo‘llangan  ish  uslubi 
quyidagilardan iborat edi: 
1.  Chatishtirish uchun olingan no‘xot navlari bir-biridan keskin farq qiluvchi 
belgilarga ega edi. 
2.  Har  bir  o‘simlikdan  olingan  avlodning  yakka-yakka  alohida  ekib  taxlil 
qilib o‘rganadi. 
3.  Duragay  o‘simliklar  avlodining  belgilarini  naslga  o‘tishini  miqdor 
jihatdan, bir-biridan farq qilishini hisoblab, ya'ni sanash yo‘li bilan kuzatib bordi. 
Tajriba  olib  borishning  bu  usuli  irsiyatning  o‘rganishining  yangi  usuli  edi. 
G.Mendel irsiyat qonunlarini o‘rganish uchun tajriba olib borgan no‘xot o‘simligi 
o‘zidan changlanuvchi bo‘lib, irsiy toza hisoblanadi va uning har xil navlari, su'niy 
yo‘l  bilan  oson  chatishadi.  Genetik  tahlil  o‘tkazishda,  irsiy  belgilarni  nasldan-
naslga o‘tishini o‘rganishda har xil jinsdagi ikki organizmni chatishtirish kerak. 
Mendel  o‘z  tajribalarida  avval  bir  keyin  ikki,  uch  va  hokazo  belgilar  naslga 
o‘tishini alohida o‘rgandi. Mendel sariq donli ona o‘simlik gulini, yashil donli ota 
o‘simlik  changi  bilan  changlatadi.  Olingan  F
1
  birinchi  avlod  sariq  donli  bir  xil 
ekanligini aniqladi. Bu  hodisa ustun kelishlik (dominantlik) yoki bir  xillik qoidasi 
deb  nomlanadi.  Ustun  kelgan  belgilar  -  dominant  belgilar,  yengilgan  (yo‘qolgan) 
belgilar retsessiv belgilar deyiladi. 
Mendel  o‘z  tajribalarida  no‘xot  o‘simligida  7  juft  belgilarni  naslga  o‘tishini 
o‘rganib dominantlik hodisasini tasdiqladi. Ikkinchi avlodda esa - G‘
2
 duragaylarni 
3
/
4
  sariq, 
1
/
4
  yashil  donli  ekanligi  kuzatildi.  Masalan,  Mendel  tajribasida  (15  ta  F
1
 
o‘simliklarini ekib ikkinchi avlodda - F
2
 8023 ga don olgan, ularni 6022 tasi sariq 
va  2001  donasi  yashil  edi,  ya'ni  3:1  nisbatga  yaqin  bo‘lgan.  Demak,  xulosa  qilib 
aytish  mumkinki,  belgilar  F

avlodida ko‘rinmasa ham,  ikkinchi  F
2
  avlodida  yana 
qayta  yashil  -  retsessiv  belgi  3:1  nisbatda  ajralib  chiqadi.  Shuning  uchun 


 
 
Mendelning II- qonuni ajralish qonuni deyiladi. 
G.Mendel  birinchi  marta  tajribani  harflar  bilan  yozish  usulini  taklif  qildi: 
tajribada ustun kelgan belgilar - A, yengilgan belgilar - a bilan yoziladi. Agar sariq 
va  silliq  donli  no‘xot  navlari  o‘zaro  chatishtirilsa,  bu  chatishtirish  monogibrid 
deyiladi. 
  
Gameta 



AA 
Aa 

Aa 
aa 
 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə