Namangan pedagogika kolleji



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə43/73
tarix23.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#87773
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Madina o\'qitish materiallari 9196

Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mu-kammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevits-kiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.
Dirijyor xomi dirijyorlik apparati yordamida boshqaradi. Bunga qoMlar, bosh (ko‘zlar, yuz), gavda (ko‘krak, elkalar), oyoqlar kiradi. Dirijyorlik apparatini o‘rganish gavdani tik saqlashdan boshlanadi. Bu dirijyor uchun katta ahamiyatga ega. Qomatni to‘g‘ri tutish dirijyor ishini engillashtiradi, harakatlaming erkinligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, gavdani to‘g‘ri tutish dirijyoming tashqi ko‘rinishida ham o‘z aksini topadi, bu esa o‘z navbatida ommaviy ijroga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin.Dirijyoming ko‘rinishi estetik did darajasida ijrochilar hamda tinglovchilarga yoqimli, jamoa oldida o‘zini tutishi esa bir vaqtning o‘zida ham shiddatli va jiddiy, ham erkin bo‘lishi zarar. Bu xususiyatlami egallash uchun o'quvchini qomatni tabiiy ravishda erkin tutishga o‘rgatish kerak. Gavdani to‘g‘ri tutishning asosi awalambor ko‘krakning siqilmagan holatini, ya’ni bo‘sh holatini ta’minlash hamda elkalaming erkinligiga erishishdir. Bulaming hammasi erkinlik hissini uyg‘otib, o‘ziga ishonch hosil qilishda yordam beradi.Dirijorlik-musiqa ta’limida o‘qitiladigan boshqa fanlar orasidagi eng murakkab va o‘z o‘mida ma’suliyatli o’quv fanidir. Har qandayyakkaxon o‘zining ijro mahoratini ma’lum bir cholg‘u asbobi yoki ovozi orqali nomoyon etishi mumkin. Lekin, jamoa-xor, orkestr, ansambl kabilami uyushtirishi-bu katta bilim, mahorat, malaka va tajribani talab qiladi. Dirijoming asbobi butun jamoani yagona ijrochi misolida uyg‘unlashtirish, ijroni bogMash, boshqarishdir. Shuning uchun dirijor jamoani jonli, yakka fikrlovchi, asar mazmuni, o‘zi va jamoa ijrosini his qiladigan bo'lishi lozim.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə