Namangan viloyati Uchqo`rg`on tuman Maktabgacha ta’lim bo’limining navbatdan tashqari 10-sonli yig’ilishi bayonnamasi uchqo`rg`on tumani: 23. 02. 2022 yil Yig’ilish raisi: M. Siddiqova. Qatnashdilar: mtb sho’ba rahbarlari



Yüklə 106,5 Kb.
tarix26.05.2022
ölçüsü106,5 Kb.
#88104
BAYONNAMASI


Namangan viloyati Uchqo`rg`on tuman Maktabgacha ta’lim bo’limining navbatdan
tashqari 10-sonli yig’ilishi
BAYONNAMASI
Uchqo`rg`on tumani: 23. 02. 2022 yil
Yig’ilish raisi: M.Siddiqova.
Qatnashdilar: MTB sho’ba rahbarlari, metodistlar
KUN TARTIBI

  1. Namangan davlat universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi magistratura bo’limi 2-bosqich magistranti Qoxorova Ibodat To`lqinboy qizining mutaxassisligi bo’yicha ilmiy amaliyoti.




  1. Tashkiliy masalalar.

Yig’ilishni Maktabgacha ta’lim bo’limi boshlig’i M.Siddiqova kirish so’zi bilan ochib berdi.


Notiq o’z so’zida Namangan davlat universitetining 2022 yil 16 fevraldagi 189 T/S sonli buyrug’iga asosan “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi magistratura bo’limi 2-bosqich magistranti Qoxorova Ibodat To`lqinboy qizini mutaxassisligi bo’yicha 2022 yil 24 fevraldan 2 aprelga qadar Uchqo`rg`on tuman Maktabgacha ta’lim bo’limida ilmiy amaliyot o’tashi uchun yo’llanma asosida kelganligi , amaliyotchiga bo’lim ichki tartib qoidalari tushuntirilganligi , amaliyot davrida bo’limning o’quv ishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, tashkiliy ishlarida faol bo’lishligini, bo’limda olib borayotgan ishlariga bevosita o’zlari rahbar bo’lishlarini aytib o’tdilar.
Uchqo`rg`on tuman Maktabgacha ta’lim bo’limida faoliyat yurutib kelayotgan ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish sho’ba rahbari X.Yo’lchiyeva amaliyotchi magistrant Qoxorova Ibodat To`lqinboy qizini bo’limda amaliyot o’tashi uchun imkon qadar sharoitlar yaratib berishlarini, bo’limdagi o’quv, uslubiy, na’munaviy rejalar, to’plamlar bo’yicha kerakli ma’lumotlar ustida ustoz-shogird an’anasi asosida ish olib borilishi to’g’risidagi fikrlarini bildirib o’tdilar.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalar yuzasidan yig’ilish
Qaror qiladi:

  1. Namangan davlat universitetining 2022 yil 16 fevraldagi 189 T/S sonli buyrug’iga asosan “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi magistratura bo’limi

2-bosqich magistrant Qoxorova Ibodat To`lqinboy qizini mutaxassisligi bo’yicha 2022 yil 24 fevraldan 2 aprelga qadar Uchqo`rg`on tuman Maktabgacha ta’lim bo’limida ilmiy amaliyot o’tashi uchun ruxsat berilsin.

  1. MTBda olib borayotgan ishlariga bevosita bo’limning boshlig’I M.Siddiqova rahbar etib tayinlansin.

  2. Amaliyotchi magistrant Qoxorova Ibodatga bo’limning ichki tartib qoidalariga amal qilishlari eslatib o’tilsin.


Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə