Namoz-moʻminning-meʼrojidir pdf



Yüklə 473,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü473,95 Kb.
#115061
1   2   3
namoz-moʻminning-meʼrojidir



Besh vaqt namozni o’z vaqtida o'qish "ado", uzrli sabab bilan vaqti o'tganidan keyin o'tash "qazo"
deyiladi. Uzrli sabab bilan vaqtida o'qilmagan farz va vitr namozlarining qazosi o'qiladi(Vitr-Hanafiy
mazhabida vojib). Juma, hayit (iyd), janoza, sunnat namozlarining qazosi o'qilmaydi. Faqat bomdod
namozining sunnati o'sha kuni tushgacha farzi bilan birga o'qiladi Farz namozlarini o'z vaqtida o'qish
qat' iy lozimdir. Kim namozning vaqtini uzrsiz o'tkazib yuborsa, gunohi kabiralardan birini qilib,
qattiq gunohkor bo'ladi. Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: "Albatta,namoz
mo’minlarga vaqtida farz qilingandir”(Niso surasi, 103-oyat) 




Ammo ba'zi uzrlar sababi bilan namoz qazo bo'lishi mumkin. Bu uzr 2 xil bo'ladi: 


1. Qazosi o' qilmaydigan uzrlar:


a) hayz va nifos ko'rgan ayollar namozni tark qilishadi, pok bo'lishgandan keyin ham qazo bo'lgan
namozlarini namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir o'qishmaydi
. ⠀

b)kamida olti vaqt namoz muddatida hushidan ketib o'ziga kelmagan ham o'ziga kelgach, qazo
bo'lgan namozlarini o'qimaydi. Lekin bundan kam fursatda o'ziga kelsa qazo bo'lgan namozlarini
o'qish unga vojib bo'ladi.


2. Qazosi o'qiladigan namozlar:


Uxlab qolish, esidan chiqish, g'aflatda qolish, boshini ham qimirlata olmaydigan darajada kasal
bo'lish kabi uzrlar bilan namoz o'z vaqtida ado qilinmasa, uning qazosini o' qish vojib bo'ladi.Qazo
namozlarini o'qishni beuzr kechiktirish joiz emas. Rizq topishga harakat, farz ilmlarini talab qilish,
o'ta och qolgan kishilarning ovqatlanib olishi, nihoyatda charchagan kishining uxlab olishi kabilar
qazo namozlarini kechiktirishning uzrlari hisoblanadi.Nafl namozlarining o'rniga qazolarni o'qish
afzaldir. Lekin sunnati ravotiblarni tark qilmagan ma'qul. Agar qazoni kechiktirish beuzr bo'lsa,
o'sha qazoni o'qimaguncha undan gunoh ko'tarilmaydi. Xuddi namoz ham tavbasiz qabul
bo'lmaganidek, namozni qazo qilgan kishiga ham tavba lozim bo'ladi. Tavbaning shartlaridan biri
gunohni tark qilish edi. Qazo namozlarini uzrsiz o'qimay yurgan kishi gunohni tark qilmayotgan
tavba qiluvchiga o'xshaydi.

Demak, uning tavbasi maqbul emas. Shariatda (ahli tartiblar) degan martabadagi insonlar bo'lib,
ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan bo'lishadi. Shular qazo namozlarini
o' qimoqchi bo'lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. 


Misol uchun, ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo'ygan bo'lsa, avval
bomdodni, keyin peshinni undan song asrni , keyin esa shomni o' qishi vojib bo'ladi va hokazo. Agar
bomdodning qazosini o'qimay, peshinning qazosini o' qisa, peshin buziladi va bomdodning qazosini
o'qigach, yana peshinni qaytadan o'qishi vojib bo"ladi.


Ahli tartib vitrga ham rioya qiladi. Ya'ni,unga vitrni o'qimasdan bomdodni o'qishi durust emas.
Ammo, qachonki, qazo namozlarining soni vitrdan tashqari olti vaqtga yetsa, endi u kishidan tartibga
rioya qilish vojibligi soqit bo'ladi.Shunda ham tartib bilan qazolarni o'qisa ma' qul, lekin xohlaganini
oldin, xohlaganini keyin o'qishiga ixtiyori bo'ladi.


Tartibning vojibligi yana ikki holatda soqit bo'ladi: 


1. Vaqt ziq bo'lib bo'lganda qazoni o'qisa, o'z vaqtida o'qiladigan namoz ham qazo bo'lsa, shunda
tartib soqit bo'ladi va qazo bo'lmagan namozni oldin, qazo bo'lganini keyin o'qib qo'yadi

2. Qazo bo'lgan namozni esdan chiqarib qo'ysada keyin namozni o' qisa ham, tartib soqit bo'ladi.
Misol uchun, bomdodni qazo qilib qo'ygani esidan chiqib, peshinni oz vaqtida o' qib qo'ysa,

Yüklə 473,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə