Namuna samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari



Yüklə 57,85 Kb.
səhifə2/3
tarix17.12.2023
ölçüsü57,85 Kb.
#149910
1   2   3
Laboratoriya ishi 6

Google qidirish oynasi.

Internet tarmog’ida bunday tizimlarning ko’plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o’zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Bular: http://www.google.som, http://www.google.ru
Ushbu mashhur qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo’lib, lekin siz uning qayerda va qanday ko’rinishda
joylashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot – qidiruv tizimlaridan foydalaning.


http://www.yahoo.com

Yandex.ru Xalqaro qidiruv tizimlari ko’rinishi
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari. Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so’rovlari bo’yicha ilg’orlardan biridir. Bundan tashqari Internet tarmog’ida ma’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
KtoTam” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirishga mo’ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo’ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o’zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro’yxatini shakllantiradi. So’rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va ssenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko’rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko’plab mashhurlari to’plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo’yicha guruhlanadi.
Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish. Ha afsuski, bugungi kunda kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko’ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko’zi tushgan zahoti darrov o’yinlarni so’rashadi, ko’pchillik yoshlar esa Internetga ulangani zaxoti esa rasmlar tomosha qilishni so’rashadi.
WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko’p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o’zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot omborlari bilan o’zaro ishlay olishidadir.
WWW.UZ Internet tarmog’i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo’yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.

WWW.Uzoynasi ko’rinishi
Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (vebsaytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo’yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to’playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi.
WWW.UZ “Katalog” bo’limi – Internet tarmog’ida ochiq holda joylashgan, O’zbekiston Respublikasiga aloqador bo’lgan, ro’yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo’yicha saralangan veb-saytlar to’plami.
WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o’zlariga kerak bo’lgan saytni mavzular bo’yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.
Shu bilan birga WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Saytlar reytingi” bo’limiga kirib, barcha ro’yxatga olingan saytlar reytingini


WWW.UZsaytidagi saytlar reytingi ko’rinishi
ko’rishi, “Jamlangan statistika” bo’limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.
Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog’i yirik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo’yilgan eng asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 57,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə