Namunalash turlari va usullari


Izlov quduqlarini tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan antiklinal tutqichlarda joylashtirish



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə21/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Izlov quduqlarini tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan antiklinal tutqichlarda joylashtirish. Ushbu guruhga tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan barcha antiklinal, braxiantiklinal, gumbazsimon va chiziqli cho’zilgan tutqichlar kiradi.
Kichik qalinlikdagi mahsuldor gorizontning buzilish amplitudasi bo’lganda (uyum izolyatsiyalangan bloklarga ajralmagan) izlov quduqlarini joylashtirish sistemasi buzilmagan antiklinallar uchun quduqlarni joylashtirish sistemasiga o’xshash bo’ladi.
Tuzilmalar izlov burg’ilashga yuqori ishonch bilan tayyorlangan rayonlarda tushilma turidagi tektonik buzilishlar bilan amplitudali murakkablashgan katta qalinlikdagi mahsuldor gorizontlar tutqichlarida uyumlarni topish uchun ikkita mustaqil izlov quduqlarini ko’tarilgan va tushgan bloklarda joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi (a-rasm).

rasm. Izlov quduqlarini tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan antiklinal tutqichlarda joylashtirish sxemasi
a – ko’tarilgan va tushgan bloklarda ikkita mustaqil quduq; b – yuqori va
pastki bloklarning gumbaz uchastkalari konturlarini rejada qoplangan zonasida bitta quduq; v – izolyatsiyalangan bloklarning ko’tarilgan uchastkalarida bittadan izlov qudug’i; g – tuz gumbazli tuzilmalarda.
Ko’tarilma turidagi tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan tutqichlarda izlov quduqlari yuqori va pastki bloklarning gumbaz uchastkalari konturlarini rejada qoplangan zonasida joylashtiriladi (b-rasm). Bir qator tektonik buzilishlar bilan ajralib ketgan burmalarda bittadan izlov quduqlarini izolyatsiyalangan bloklarning ko’tarilgan uchastkalarida joylashtirish maqsadga muvofiq (v-rasm).
Tuz gumbazlari bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarda kontakt oldi, gumbaz va tektonik ekranlangan uyumlar uchrashi mumkin. Keyingi ikki turdagi uyumlarni izlash odatdagi antiklinal burmalardagi kabi olib boriladi.
Kontakt oldi uyumlarini izlash qiya yo’naltirilgan quduqlar bilan amalga oshiriladi. Quduqning stvoli tuz bilan kontakti oldida bir nechta mahsuldor qatlamlarni aniqlashi lozim (g-rasm).

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə