Navdpi 70111201- jismoniy tarbiya va sport mash



Yüklə 405,18 Kb.
səhifə1/4
tarix28.03.2023
ölçüsü405,18 Kb.
#103374
  1   2   3   4
2.Диёра асоснома


NavDPI 70111201- Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-kurs magistri Nematova Diyora Dilshod qizining “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tezkorlik sifatlarini xarakatli o’yinlar orqali rivojlantirish xamda takomillashtirish ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


asosnomasi


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Mamlakatimizda yosh avlodni xar tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash davlat siyosatining bosh masalalaridan biri sifatida karaladi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasining Prezidenta SH.M.Mirziyoevning “Uzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha 2017-2021 yillarga muljallangan xarakatlar strategiyasi tugrisida”gi farmoniga asosan davlat dasturi ishlab chikildi. Bu dastur amalga oshirilgan ishlarimizning izchil davomi sifatida muxim xujjat bulib, unda davlatchiligimizning barcha yunalishlariga aloxida e’tibor karatilgan. Ushbu dasturning turtinchi yu napishi, ya’ni “Ijtimoiy soxani rivojlantirish” deb nomlangan yunalishida ta’lim-tarbiyaning barcha buginlarini yanada rivojlantirish ning yullari aloxida belgilab berilgan. Ta’lim tizimida umumiy urta ta’lim 1-9 va 10-11 sinflarni kamrab olib, ta’limning bu boskichi ukuvchilar uchun eng mas’uliyatli davr xisoblanadi. Umumiy urta ta’limning eng dastlabki bogini boshlangich ta’lim Uziga xos axamiyatga ega ekanligiga doimo aloxida e’tibor karatilgan. Doimiy ravishda o’zgarib borayotgan ijtimoiy xolat mutaxassislardan ta’limni tashkil etish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish, boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlantirish va tayyorgarligini keng ko’lamli va ko’p bosqichli vazifa­larini xal qilish uchun ilmiy izlanishlar olib borishni talab etadi.
Jahon miqiyosida umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya tizimida gimnastika vositalari asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida gimnastikani o’qitishda harakatli o’yinlardan foydalanishni ishlab chiqish, bolalarni umumiy rivojlantiruvchi gimnastika mashqlari buyicha ilmiy izlanishlar o’tkazilgan. O’quvchilarni xar tomonlama rivojlantirish va harakat faolligini oshirishda gimnastika mashqlari - osilishlar, tayanishlar, muvozanat saqlash, akrobatika, sakrash mashqlari ularning asosiy sifatlarini rivojlantirishga ko’maklashadi hamda o’quvchilarning intellektual, psixologik, morfofunksional qobiliyatlarini kuchaytirib, yosh avlod tarbiyasida yetakchi vosita sifatida faol qo’llaniladi. Hozirgi davrda soxa mutaxassislaridan dars jarayonini takomillashtirish, jismoniy tarbiya darslarini yuqori darajada tashkil qilish, gimnastika mashqlarini tanlash hamda gimnastika mashg’ulotlarida harakatli o’yinlarni o’tkazish vosita va usullarini ishlab chiqish talab qilinmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizda yosh avlodni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarli­gini oshirish orqali dasturdagi materiallarni talab darajasida yetkazib berish 1-4 sinf o’quvchilarning sinfdagi manbalarni to’liq o’zlashtirishiga yordam beradi. "Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlanti­rish, axolining barcha qatlamlari, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish, sport musobaqalarini o’tkazish, iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash masalalariga e’tibor qaratilgan"1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini jismoniy va funksional jixatdan sog’lomlashtirish, chaqqon, kuchli, jasur bo’lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida xarakatga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishning samarali vositalarini tanlab darsga kiritish o’quvchilarning bilimini kuchaytiradi. Darslarda asosiy gimnastika mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning xarakat faolliklarini oshirish jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga, ish qobiliyatining ko’tarilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. SHu sababli asosiy gimnastika mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanish, yangi texnologiyalarni amalga kiritish, mashqlarni me’yorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrdagi "Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida"gi URK-394-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "2017-­2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida" gi PF-4947- son Farmoni, 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport soxasida davlat boshkaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi "PF-5368-son Farmoni xamda mazkur soxaga tegishli boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 405,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə