Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


O‘ZBEKISTON FOSFORITLARINING TAVSIFI



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə20/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.5. O‘ZBEKISTON FOSFORITLARINING TAVSIFI

Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari hozirgi kunda respublikadagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadi. Donador fosforitning aniqlangan umumiy zahirasi 10 mlr. tonnani tashkil qilib, uning faqatgina 10% ini ochiq usulda qazib olish mumkin. [2]. Qizilqum havzasidagi Jer (Djeroy), Sardor (Sardara), Toshqo‘ra (Toshkura), Qoraqat (Karatau), Jetimtog‘ (Djetimtau) konlari deyarli to‘liq o‘rganilgan [3]. Yirik konlardan hisoblangan Jer-Sardor fosforit zahirasi 240 mln.t (47 mln.t Р2O5)ga teng [4]. Ushbu konning 100 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi Р2O5 miqdori 100 mln. tonnadan ko‘proq ekanligi aniqlangan [5].


Gorizontlarda joylashgan bir necha fosfatli qatlamlar ichida umumiy qalinligi 1,0-1,3 metr bo‘lgan ikkita ustkisi sanoat ahamiyatiga egadir. Ularni o‘zaro 8-12 metrli kuchsiz fosfatlashgan mergelli qatlamlari ajratib turadi. Qatlamlardagi fosforit tarkibidagi fosfor angidrid miqdori birinchi qatlamda 16-19% ni, ikkinchi qatlamda esa 21-23% ni tashkil qiladi [6].
Fosforit rudasi (undagi 20% mergel jinslari hisobiga) tarkibidagi fosfor angidridning ulushi o‘rtacha 16% ni tashkil qiladi. Qizilqum fosfat xom ashyosi o‘zining tarkibi bilan Afrika va Arabiston xududida joylashgan yirik konlardagi (Xuribka, Jembel-Onk, Gafsa, Abu-Tartur) fosforit ma’danlariga juda yaqindir. [7].
Kimyoviy va fizik-kimyoviy taxlil natijalari Qizilqum fosfat xom ashyosi asosan ftorkarbonatapatit va kalsit minerallaridan tashkil topganligini ko‘rsatdi [8].
Petrografik ma’lumotlar [9] Sardor koni fosforitlari donador organogen-oolit qoldiqlaridan tuzilganligini ko‘rsatdi.
Ruda fosfatlashgan donalar va organiq qoldiqlar hisoblangan oolitli fosfatlar (70% ga yaqin), oz miqdorda loysimon qo‘shimchalari bo‘lgan sementlangan karbonatlar yig‘indisidir. Mineralogik tadqiqot natijalari donador fosforit rudalari tarkibi bir-biriga o‘xshashligini ko‘rsatdi. Jinsni 10% dan 90% gacha fosfat minerallari tashkil qiladi. Qolgan qismi kalsit, montiorillonit, gidroslyuda, poligorskit, gidrogetit, kvars, gips, glaukonit, dala shpatlari, gadit minerallaridan iboart [10].
Jinslar tarkibida temir qoldiq holatdan 12% gacha bo‘lib, asosan gidroksid, kamdan-kam sulfid holida uchraydi. Magniyning asosiy qismi montmorillonitda, oz miqdorda esa dalomit tarkibida bo‘ladi. Alyuminiy miqdori loysimon moddalar ulushiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pi bilan 7,2% gacha boradi.
Rudaning o‘rtacha mineralogik tarkibini (%): frankolit - 56,0 kalsit - 26,5, kvars - 7,5-8,0, gidroslyuda minerallari va dala shpatlari - 4,5, gips - 3 -5, getit - 1,0, seolit < 1,0, organiq moddalar esa - 0,5 ga yaqin tashkil qiladi. [11].
Fosfat moddasining o‘rtacha kimyoviy tarkibini (%): P2O5 - 32,10; CaO - 48,34; SO2 - 5,0; F - 3,19; MgO - 0,04; Al2O3 - 0,2; Fe2O3 - 0,18; Na2O - 0,10; K2O - 0,05; SO3 - 0,08; SiO2 - 0,05 tashkil qiladi [12] Uning zichligi 2,96 - 3,2 g/sm3, sindirish ko‘rsatkichi 1,596 - 1,621 ga teng. Donador fosforitdagi fosfat moddasi adabiyotlarda “kursit” deb nomlanadigan karbonatftorapatitga to‘g‘ri keladi.
Fosforitning boshqa xom ashyolardan asosiy farqi ular tarkibida uch xil shaklda karbonat minerallari bo‘lishidir. Ular fosforit tarkibida “endo” - va “ekzokalsit” shaklida bo‘ladi. Endokalsit - chig‘anoqli fosfatlar ichida fosforit zarralari bilan bog‘lanishidan saqlanib qolgan dastlabki kalsit qoldig‘idir. Ekzokalsit esa kalsitning ikkinchi shakli bo‘lib, fosforitlarning sirtida sust bog‘langan. Uchinchi shaklda karbonat ionlari fosfat danalarining tuzilish xalqalarida izomorfik holatda bog‘lanib joylashgan [4]. Qizilqum fosforitlari yuqori karbonatli hisoblanib, ba’zi namunalarida karbonat angidridining miqdori 27% gacha boradi. Fosforitlarda frankolit miqdori 20-25% dan 84-87% gacha, kalsit esa 5-8% dan 62-65% gacha oraliqda o‘zgaradi va ular ma’danning 75-80% dan 93-95% gachasini tashkil etadi [13].

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə