|
![](/i/favi32.png) Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E-rasm. Qayta tiklanadigan shar to‘ldirilgan absorber sxemasi
|
səhifə | 49/159 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 11,81 Mb. | | #140710 |
| Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N5.5 -rasm. Qayta tiklanadigan shar to‘ldirilgan absorber sxemasi
1 - sharlar katlami; 2 - forsunka; 3 - tomchi ushlagich; 4 - panjara;
5.6 - rasm. Stabilizatorli ko‘pikli absorber sxemasi
2 - forsunka; 3 - tomchi ushlagich; 4 -panjara; 5 - ko‘pik qatlamli stabilizator.
kamerali superfosfat retur bilan aralashtiriladi, donadorlanadi va quritiladi. Quritish jarayonida fosforitning parchalanish darajasi 60-70% dan 80-90% gacha ko‘tariladi. Donachalarning maxsulot fraksiyalari ammiak bilan neytrallanadi, sovutiladi va tarkibida: 45-47% umumiy, 42,5-44,5% uzlashadigan, 37-38% suvda eruvchan, 3-5% erkin P2O5 va 1,5-2% azot bo‘lgan maxsulot olinadi. 1 t P2O5, li maxsulot ishlab chiqarish uchun: 824-835 kg fosfat kislota (100% P2O5, xisobida), 271-280 kg fosforit uni (100% P2O5 xisobida) va 35 kg NH3 sarflanadi.
Tabiiy fosfatlarni suyuq fazasining konsentratsiyasi 45-50% P2O5 bo‘lgan 3-5 karra ortiqcha miqdordagi fosfor kislota bilan parchalashga asoslangan kamerasiz qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishni siklik usuli ham ma’lumdir; bunda hosil bo‘ladigan monokalsiyfosfat cho‘kmasi ajratiladi, neytrallanadi, donadorlanadi va quritiladi, bu tuz bilan to‘yingan eritma esa parchalanish bosqichiga qaytariladi, shu bilan bir vaqtda u erga tarkibida 53-58% P2O5 tutgan yangi fosfat kislota ham qo‘shiladi. Bu usullar xom ashyoning parchalanish darajasini juda yuqori daraja (98-99%) ga etish imkoniyatini beradi, ammo 1 t o‘zlashadigan P2O5 li maxsulot olishga sarflanadigan fosfor kislotaning, oldingi bayon etilgan usullardagiga nisbatan anchagina, kattaligi bilan ajralib turadi; bundan tashqari suspenziyada filtrlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ulchamdagi kristallarni hosil kilish qiyin kechadi. Shuning uchun bayon etilgan bu usul ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan.
Boyitilgan fosforitlarni (28% P2O5) polifosfat kislotada (73-77% P2O5) parchalash orqali tarkibida orto- va polifosfatlar aralashmasi to‘tgan tez qotuvchi massa olish mumkin. Uni etiltirishda, ayniqsa yuqori haroratda, kondensirlangan fosfatlarning monokalsiyfosfatga aylanishi xisobiga qisman gidrolizlanish sodir bo‘ladi. Maxsulot ammoniylashtirilgandan so‘ng, tarkibida: 47-49% P2O5uzl. (uning 90% i P2O5 s.e.) va 3-7% N to‘tgan polisuperfosfat deb ataluvchi o‘g‘it olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|