Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari



BOB. 

RIVOJLANISHIDA 

KAMCHILIGI 

BO'LGAN 

BOLALAR 

NUTQIDAGI NUQSONLARNING O`ZIGA XOSLIGI.

 

1.1..Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining umumiy tavsifi 

Aqli  zaif  bolalarda  nutq  buzilishi  va  ularni  me'yorga  keltirish 

xususiyati  oliy  nerv  (asab)  faoliyati  hamda psixik rivojlanishning o'ziga  xos 

tomonlari bilan belgilanadi.  

Aqli 


zaif 

bolalarda 

bilish 

faoliyatining 

oliy 

shakllarini 



yaxshi 

rivojlanmaganligi  fikrlashning  yuzakiligi,  nutqni  sekin  rivojlanishi  va  sifat 

jihatidan о 'ziga xosligi, xatti-harakatini so 'z orqali nazorat qilishni izdan chiqishi 

hissiy-irodaviy sohani to'laqonli emasligl kuzatiladi. 

Debil  darajasidagi  aqli  zaif  bolalarda  nutq  rivojlanishining  o'ziga  xos 

xususiyatlari. 

Aqli  zaif  bolalar  uchun  nutqning  kech  rivojlanishi  xarakterlidir.  Kuchli 

orqada  qolish  nutqqacha  bo  'Igan  davrdayoq  kuzatiladi.  Agar  go  'daklarda 

chug'urlash  4  oyligidan  8  oyligigacha  me'yorida  paydo  bo'lsa,  aqli  zaif  bolalarda 

esa bu holat 12—24 oylikgacha bo'Igan davrda namoyon bo 'ladi (I.V. Karlin. M. 

Strazulla.) 

Kassel,  Shlezinger,  M.Zeemanlar  fikricha,  aqli  zaif  bo'lgan  bolalarda 

birinchi  so'zlar  3  yoshdan  paydo  bo'ladi.  I.V.Karlin  va  M.  Strazullaning 

tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, bunday bolalarda birinchi so'zlar 2,5 yoshdan 

5  yoshgacha  bo'lgan  davrda  paydo  bo'lar  ekan  (Bolalarda  birinchi 

so'zlarning paydo bo'lish me'yori 10 oy dan 18 oyligigacha).  

Aqli zaif bolalarda  nutq  rivojining sezilarli ortda qolishi  iboraviy  nutq 

paydo  bo'lishida  ko'rinadi.  Bunda  birinchi  so'zlarni  bayon  qilish  bilan 

iboraviy  (birikmani)  nutq  orasidagi  oraliq  vaqt  ham,  normal  rivojlangan 

bolalarga nisbatan uzoqroq bo'ladi.  

Aqli 

zaif 


bolalarda 

nutqning 

buzilishi 

logopediya 

doirasida 

M.Xvatsev, 

R.Ye.Levina, 

G.A.Kashe, 

D.I.Orlova, 

M.A.Savchenko, 

Ye.F.Sobottovich,  R.I.Lalayeva,  K.K.Karlin  tomonidan  o'rganilgan.  Bu 



 

10 


tadqiqotlar  natijasiga  ko'ra  yordamchi  maktabning  boshlang'ich  sinflarida 

aniq nuqsonlar 40-60% bolalarda kuzatilar ekan.  

S.Ya. 

Rubinshteynning 



fikricha, 

aqli 


zaif 

bolalarda 

nutq 

rivojlanmasligining  sababi  "miya  po'stlog'i  faoli yatining  zaifligi,  barcha 



analizatorlarda  yangi  differensial  aloqalarning  sekinlik  bilan  ishlab 

chiqilishidadir".  Nutqiy  eshitish  analizatorlari  doirasida  differensial  shartli 

aloqalarning  asta  rivojlanishi  munosabati  bilan  aqli  zaif  bola  ancha  vaqt 

nutq  tovushlarini  ajrata  olmaydi,  atrofdagilar  aytgan  so'zlarini  aniq 

anglamaydi. 

Motorikaning, shu jumladan, nutqiy  motorikaning rivojlanishi aqli zaif 

bolalarda  sekinlik  bilan  kechadi.  Nutqiy  harakatlaming  aniqligi  ikki 

tomonlama  nazorat  orqali  ta'minlanadi.  Eshitish  singari  kinestetik  nazorat 

ham noaniq bo'lib rivojlanadi.  

Aqli  zaif  bolalar  nutqining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  tahlil  qilish 

jarayonida  V.G.  Petrova  ularning  nutq  buzilishlari  sabablari  hisoblangan 

ko'pgina  faktorlar  yig'inflisini,  ajratib,  aqli  zaif  bolalar  nutqining  buzilishi 

va 

anomal 


rivojlanishning 

asosiy 


sababi 

bilish 


faoliyatining 

rivojlanmaganligidir, deb e'tirof etadi

2



Analitik-sintetik  faoliyat  darajasining  pasayishi  nutq  tovushlarini 



differensiallashtiruvchi  murakkab  psixik  (ruhiy)  fao liyat,  fonematik  qabul 

qilishning buzilishida  namoyon bo'ladi. Bilish  faoliyatining buzilishi tilning 

semantik  tomondan  o'zlashtirishda  qiyinchiliklarga  olib  keladi.  Shuning 

uchun,  aqli  zaif  bolalar  semantik  jihatdan  murakkab  bo'lgan  so'zlarni 

(mavhum,  umumlashgan)  va  grammatik  shakllarni  (masalan,  maqsad  va 

sabab, ergash gapli qo'shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar.  

Analitik-sintetik  faoliyatning  umumiy  ravishda  rivojlanmay  qolishi 

sababli, 

til 

umumlashmalarining 



shakllanishi, 

til 


qoidalarining 

                                                

2

 

1.S.Ya. Rubishiteyin Psixologiya umstvenno otstalogo shkolnika.  — M. 1970-S106. 



 


 

11 


o'zlashtirilishi  me'yorda  rivojlangan  bolalarga  nisbatan  o'laroq,  qiyinchilik 

bilan kechadi. 

Atrofdagi 

olam 


haqidagi 

tasavvurning 

cheklanganligi, 

nutqiy 


aloqaning  zaifligi,  qiziqishning  yetilmaganligi,  nutqiy  munosabatga  bo'lgan 

talabning  pasayishi  aqli  zaif  bolalarda  nutq  rivojlanishining  sekinlashishi 

bilan  ifodalanadi.  Bular  bilan  bir  qatorda  ularda  nutq  buzilishlariga  olib 

keluvchi boshqa faktorlar ham sabab bo'ladi, ya'ni nutq apparati tuzilishdagi 

kamchiliklar natijasida rinolaliya, mexanik dislaliya; bo sh miya po'stloq osti 

qismining  ba'zi  bo'limlarini  zararlanishi  okibatida  yuz  beradigan  organik 

duduqlanish va dizartriya.  

Aqli  zaif  bolalarda  nutqning  buzilishi  tizimli  (sistemali)  xarakterga 

ega.  Ularda  nutqiy  faoliyat  bilan  bog'liq  barcha  harakatlarning  u  yoki  bu 

darajada  shakllanmaganligi  namoyon  bo'ladi-ki,  bular  motivatsiyaning 

zaifligi,  nutqiy  munosabatga  bo'lgan  talabning  pasayishi,  nutq  faoliyatini 

programmalashtirishning  qo'pol  buzilishi,  nutqiy  harakatlarning  ichki 

programmasi,  nutqiy  programmani ng  qo'llanishi,  nutq  ustidan  nazorat, 

oldindan o'ylangan natijani taqqoslash operatsiyalarini buzilishi kabilardir.  

Aqli  zaif  bolalarda  nutqiy  bayon  qilish  turli  darajada  buziladi 

(mazmunan,  til  jihatidan,  sensomotor  darajada).  Eng  rivojlanmaganlari 

murakkab  darajalar  (mazmun,  tilga  oid)  hisoblanadi.  Ular  yuqori  darajada 

shakllangan  tahlil  harakatlari,  sintez,  umumlashmalikni  talab  etadi.  Bunday 

bolalarda  nutqning  sensomotor  darajasi  turlicha  kechadi.  Yuqori  sinflarga  borib 

ko'pchilik  o'quvchilarda  nutqning  fonetik  nuqsonlari,  motor  darajalarining 

buzilishlarining  yo'qolishi  ro'y  beradi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  bu  bolalarda  til  va 

semantik darajalarning rivojlanishi me'yorga (normaga) yetmay qoladi. 

Aqli  zaif  bolalarda  nutqning  buzilishi  turli  ko'rinishlarda  bo'ladi  va  ularni 

tahlil  etishda  differensial  yondoshishni  talab  etiladi.  Simptomatika  (kasallik 

belgilarining  yig'indisi)  va  nutq  buzilishining  mexanizmi  faqatgina  miya 

sistemasining  umumiy  rivojlanmay  qolishidagina  emas,  balki,  nutqqa  bevosita 

alcqador bo'lgan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli 



 

12 


zaif bolalarda nutq buzilishlari ko'rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli 

oligofreniyaning  ikki  guruhi  ajratib  ko'rsatiladi  (G.Ye.  Suxaryova,  R.I.  Belova-

David): 

l)nutq 


rivojlanmagan 

oligofreniya; 

2)nutq 

kamchiliklari 

bilan 

murakkablashgan, atipik oligofreniya. 



Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha 

shakllari  uchraydi  (dislaliya,  rinolaliya,  dizartriya,  alaliya,  disleksiya,  disgrafiya, 

duduqlanish,  afaziya  va  boshqalar).  Nutq  buzilishi  tizimining  strukturasida 

semantik nuqson (defekt) asosiy o'rinni egallaydi. 

Aqli  zaif  bolalarda  nutq  buzilishi  o'zining  uzoq  vaqt  saqlanishi  bilan 

xarakterlanadi  va  yordamchi  maktablarning  yuqori  sinflargacha  bo'lgan  davr 

oralig'ida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. 

 

 




Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə