Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili darslarida qo‘shimcha vositalardan foydalanish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə63/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili darslarida qo‘shimcha vositalardan foydalanish. Ona tili ta’limi jarayonida darslikdan tashqari qo‘shimcha vositalar: maxsus yaltiroq plyonkalarda tayyorlangan chizmalar (transporantlar), o‘quv filmlari va diafilmlar, ovozni yozib olish vositalari, slayd - jadvallar, portret, peyzaj, ma’rifiy matnlar, rasmli albom, teleko‘rsatuvlar kabilardan ham foydalaniladi. Bu vositalar o‘qituvchi tomonidan tayyorlanishi ham, maxsus majmua sifatida nashr etilishi ham mumkin.
Ona tili mashg‘ulotlarida maxsus yaltiroq plyonkada kichik hajmda tayyorlangan chizmalar, jadvallar, ayrim izohlar, topshiriqlarni grafoproektorlar orqali yiriklashtirilib namoyish etish samarali vositalardan biri bo‘lib sanaladi. Plyonkaga tushirilgan til materialining anchagina ustunlik tomonlari bor. Avvalo, plyonkadagi material orqali barcha o‘quvchilar diqqatini o‘rganilayotgan muammoga qaratish mumkin. Shuningdek, bir materialni bir necha bo‘lakka bo‘lib, o‘quvchilar diqqatiga havola qilishda bunday usul qo‘l keladi.
Plyonkaga yozilgan til materiallari, ayniqsa, o‘quvchilarning jamoa bo‘lib ishlashini tashkil etishda alohida o‘rin egallaydi. Ularning barchasi berilgan materialni kuzatib yoki o‘qib, bu haqda birgalikda fikrlash, umumlashma hosil qilish imkoniyatiga ega.
Ona tili mashg‘ulotlarida, ayniqsa, ovozni yozib olish vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi bu vositalar orqali nutqni diqqat bilan kuzatishi, yozib olingan ikki matnni eshitib, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashi, mashhur so‘z ustalarining nutqini tinglab, undan talaffuz me’yorlari, ifodali o‘qish san’atini o‘rganishi mumkin.
Darslik materialiga yordamchi vosita sifatida turli jadvallardan, rasmli albomlar va tarqatma materiallardan, diapozitiv va diafilmlardan ham unumli foydalaniladi.
Jadvallar darslik materialini puxta va ongli o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ayniqsa, so‘zlarni guruhlashda jadvallar ancha qo‘l keladi. Namuna sifatida «Olinma so‘zlar» mavzusini o‘rganishda jadval asosida bajariladigan quyidagi topshiriqni e’tiboringizga havola etamiz:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə