Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligi prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə16/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligi prinsipi. Maktabda o‘quvchilar ona tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi yuzasidan o‘ta zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarni to‘g‘ri ishlatish yuzasidan zarur ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir.
Ta’lim, tarbiya va rivojlanish–bir butun jarayon. Ularni bir-biridan ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchilar til hodisalarini o‘rganishar ekan, ayni vaqtda shu jarayonda ularga tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi.
Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi muhim vositadir.
Ona tili mashg‘ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang-barang bo‘lsa, o‘quvchilarning til materiallariga qiziqish darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Ona tili darslarini o‘quvchilarning kundalik hayoti, mehnat faoliyati, turmushi bilan bog‘lash, foydalanish uchun tanlanadigan rasmlarning mazmun va mavzuiy rang-barangligini kuchaytirish darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo‘nalishini oshiradi.
Ma’lumki, ona tili darslarida o‘quvchilar bajaradigan ishlar: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari; hayol, diqqat, xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik xususiyatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o‘quvchi shaxsini rivojlantiradi.
Shunday qilib, ona tili darslari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu prinsiplar qancha uyg‘un bo‘lsa, ona tili darslarining samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ona tili o‘qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. Ta’limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsiplari o‘zaro bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan didaktik kategoriyalardir.
Ta’limning ilmiyligi prinsipi o‘quv materialini hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, ta’limning bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsipi o‘quv materiallarini bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyoti hamda bilish imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu prinsiplarni o‘zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Mazkur prinsipga ko‘ra ona tilidan har bir sinfda o‘rganiladigan material hajm hamda mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Maktabda ona tili fani o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Bu prinsip o‘quvchilarni hozirgi o‘zbek tilshunosligida qat’iy hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi.
Shubhasiz, o‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan barcha bilimlarni bolaga berishning iloji yo‘q. Biz bolaga, asosan, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalanish, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri fikrlash va to‘g‘ri so‘zlash uchun unga zarur bo‘lgan bilimlarnigina berish imkoniyatiga egamiz, xolos. Demak, maktab ona tili kursi o‘quvchilarni yuqorida tilga olingan malakalar bo‘yicha o‘ta zaruriy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi.
Ilmiylik prinsipini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki prinsip bir-birini to‘ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan yagona prinsip sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchi uni o‘zlashtira olmaydi.
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
  • fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli miqdorda asosli materiallar bilan tahlil qilish;


  • o‘rganilayotgan o‘quv materialining oldin o‘rganilgan mavzular bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni o‘zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarini o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganish;


  • ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik, o‘quv materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo‘ysundirish;


  • o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning ruhiy (psixologik) xususiyatlari va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə